«Qamçiq» maxsus qidiruv, yonğin-qutqaruv boşqarmasi navbatçi-dispetçeriga kelib tuşgan ma’lumotga köra, A-373 Toşkent - Öş avtomobil yölining 223-kmda «Vodiy-Toşkent» yönalişida harakatlangan «Isuzu» yuk avtomaşinasi haydovçisi boşqaruvni yöqotgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga köra, u yöl örtasidagi temir tösiqqa urilgani sababli yölning qarama-qarşi yönalişi orqali pastki jarlikka tuşib ketgan.

Voqea joyiga FVVning «Qamçiq» maxsus qidiruv, yonğin-qutqaruv boşqarmasining qutqaruvçilari zudlik bilan yetib borib, jarlikka tuşgan yuk maşinasini maxsus texnikalar yordamida çiqarib olişgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan «Isuzu» haydovçisiga birinçi tibbiy yordam körsatilib, Angren markaziy şifoxonasiga yuborilgan.