18 oktyabr, seşanba kuni Krasnodar ölkasining Yeysk şahridagi töqqiz qavatli turar joy binosiga Su-34 qiruvçi-bombardimonçi samolyotining qulaşi oqibatida halok bölganlar soni 15 kişiga yetdi. Bu haqda TASS agentligiga viloyat gubernatori örinbosari Anna Minkova ma’lum qildi. Uning aytişiça, 51 yoşli jabrlanuvçi tanasining 80 foizi kuygan holda kasalxonada vafot etgan. Bir neça soat oldin yonib ketgan samolyot dvigateli ostidan 14-qurbonning jasadi topilgan edi.
Su-34 halokati natijasida jami 28 kişi jabrlandi: 25 kişi, jumladan, ikki homilador ayol va olti bola kasalxonada, uç kişi ambulator davolanmoqda. Kasalxonaga yotqizilganlardan 22 nafarining ahvoli örtaça oğir, uç nafarining ahvoli oğir. Qurbonlar orasida uç nafar bola ham bor, deb xabar berdi avvalroq Rossiya soğliqni saqlaş vaziri yordamçisi Aleksey Kuznetsov. Jabrlanganlarning uç nafari balandlikdan qulaşi oqibatida halok bölgan. Anna Minkovaning ta’kidlaşiça, bu odamlar uyning yuqori qavatlaridan sakrab, aftidan yonğindan qoçişga harakat qilişgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining sönggi versiyasiga köra, yonğin samolyot «uyga urilganidan» va «qulab tuşganidan» keyin boşlangan. «Heç qanday portlaş sodir bölmagan, uyga zarar yetgan, hammasi aniq. Lekin yonğinga yonilğining tökilişi sabab bölgan, odamlar jabrlangan», — dedi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari Aleksandr Kurenkov. Ayni paytda, halokat haqidagi dastlabki xabarlarda qiruvçi samolyot töliq öq-dorilar bilan uçayotgani haqida ma’lumotlar paydo böldi. Voqea guvohlari tomonidan e’lon qilingan videoyozuvlarda portlaşlar aniq eşitilgan.
Halokat keçasi sodir bölgan. Su-34 qiruvçi samolyoti Yeysk yaqinidagi harbiy aerodromdan havoga kötarildi. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga köra, öquv parvozi uçun möljallangan kötariliş çoğida samolyot dvigateli yonib ketgan. Bu haqda katapulta vositasida irğib çiqib paraşyut bilan özini pastga taşlagan uçuvçilardan biri aytdi.
Natijada Su-34 turar joy binosiga quladi, uy yonib ketdi. Töqqizinçi qavatdan beşinçi qavatgaça bölgan şiftlar qulagan. Yonğin butun kiriş yölagini qamrab olgan, 45 taga yaqin xonadon zarar körgan. Parvoz yoki ularga tayyorgarlik köriş qoidalarini buziş (Rossiya Jinoyat kodeksining 351-moddasi) böyiça jinoiy iş qözğatildi.








