Ya’ni samolyotlar oldin ham urib tuşirilgan. Yanvar oyi örtalarida ukrain kuçlari rossiyaliklarning A-50 razvedkaçi samolyotini hamda Il-22 havodagi qömondonlik punktini urib tuşirgandi.
Bundan taşqari, Rossiya hukumati Ukrainani 24 yanvar kuni Belgorod yaqinida Il-76 rusumli harbiy-transport samolyotini urib tuşirişda ayblagan, Moskva bu samolyotda almaşuv uçun olib ketilayotgan ukrain harbiy asirlari bölganini bildirgan.
A-50 yöq qilinişi: Ukraina ruslarning uçib yuruvçi radariga qanday hujum qilgan?
Ammo fevral oyiga kelib rossiyaliklarning urib tuşirilgan bortlari soni keskin ösdi. 17 fevraldan 29 fevralgaça bölgan muddatda, Ukraina qurolli kuçlari qömondonligiga köra, jami 13 samolyot urib tuşirilgan.
Xususan, 17 fevral kuni kunduzi Su-34 rusumli ikkita bombardimonçi-qiruvçi samolyot va Su-35 rusumli bitta qiruvçi samolyot zarbaga yöliqqan. Keyingi kuni esa yana bir Su-34 qulagan.
19 fevral kuni yana bir Su-34 va bitta Su-35S qiruvçi samolyot, 21 fevral kuni esa — yana Su-34 urib tuşirilgan.
23 fevral kuni keçqurun Krasnodar ölkasida uzoq masofadan radiolokatsion aniqlaş işlarini amalga oşiruvçi (DLRO) A-50 rusumli yana bir samolyot quladi. Ukraina hukumati bu mamlakat harbiy-havo kuçlari va harbiy razvedkaning qöşma amaliyoti bölganini ma’lum qildi.
Ukraina qurolli kuçlariga köra, Su-34 rusumli yana ikkita bombardimonçi samolyot 27 fevral kuni urib tuşirilgan, turli ma’lumotlarga köra, 29 fevral kuni tongda va kunning ikkinçi yarmida Ukraina şarqida jami uçta şunday samolyot urib tuşirilgan.
Il-76 halokati. Javobsiz qolayotgan asosiy savollar
Şu tariqa, Rossiya ikki hafta içida 13 ta samolyotidan ayrilagn, şundan 10 tasi — Su-34 bombardimonçilari.
4-avlodga mansub bölgan bunday samolyot raqibning quruqlik va havodagi nişonlariga raketa-bomba zarbalari yöllaşga möljallangan. U aviatsiya bombalari, jumladan KAB-1500 va KAB-500 rusumli yönaltiriluvçi bombalar bilan jihozlanadi.












