Rossiyaning Su-34 harbiy samolyoti Şimoliy Osetiya toğlarida halokatga uçradi. «Samolyot odamlar yöq hududga qulab tuşgan. Yerda vayronagarçiliklar yöq. Ekipaj halok böldi», — deya ma’lumot berdi Rossiya Mudofaa vazirligi 11 iyun kuni.

MV: qiruvçi samolyot maşğulot parvozini amalga oşirayotgan edi

Idora ma’lumotlariga köra, Havo-kosmik kuçlari (HKK)ning bombardimonçi samolyoti «rejalaştirilgan öquv parvozi vaqtida» halokatga uçragan. Halokatning dastlabki sababi texnik nosozlik ekani aytilmoqda. «HKK komissiyasi samolyot halokatga uçragan joyga yöl oldi», deya xabar berdi Mudofaa vazirligi.

Ayni vaqtda, TASS Şimoliy Osetiya operativ xizmatlariga tayanib, Su-34 bortida ikki nafar uçuvçi bölgani va halokat Alagir tumani toğlarida sodir bölganini xabar qilmoqda.

Baza Telegram-kanali mahalliy aholi toğlarda «noma’lum samolyot» qulaganini körganini yozdi. «Yarim tunda u Gorniy Dzuarikau qişloği yaqinidagi qoya kelib urilgan», — deyiladi xabarda.