Ukrainalik harbiylar 27 iyunga ötar keçasi Volgograd oblastidagi Marinovka aerodromiga hujum qilib, törtta Su-34 samolyoti va texnik-ekspluatatsiya qismini nişonga oldi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuçlari (UQK) Boş ştabi ma’lum qildi.

«Duşman aviatsiya texnikasining zararlaniş darajasi va hujum natijalari aniqlaştirilmoqda», — deyiladi idora bayonotida.

Operatsiyada iştirok etgan Ukraina xavfsizlik xizmatining ma’lum qilişiça, hujum davomida ikkita Su-34 samolyoti yöq qilingan, yana ikkitasiga şikast yetkazilgan. Samolyotlarni ta’mirlaş va ularga xizmat körsatiş işlari olib borilgan texnik-ekspluatatsiya qismida esa hujumdan keyin yonğin boşlangani aytilmoqda.

Aerodromga zarbalar uzoq masofaga uçişga qodir dronlar yordamida amalga oşirilgan.

«Rossiya Su-34 lari — Ukraina pozitsiyalari va aholi punktlariga raketa-bomba zarbalarini beradigan taktik aviatsiyaning asosiy samolyotlaridir», — deyiladi UQK Boş ştabi xabarida.

Rossiya tomoni aerodromga hujum, samolyotlar yakson qilingan yoki ularga zarar yetkazilgani töğrisida xabar bermadi, şuningdek, Ukraina idoralarining bayonotiga javob qaytarmadi.

RF Mudofaa vazirligining ma’lum qilişiça, 27-iyunga ötar keçasi Rossiya havo hujumidan mudofaa vositalari Volgograd oblastida 13 ta dronni urib tuşirgan. Mintaqa gubernatori Andrey Boçarovga köra, dronlar Surovikinskiy va Kalaçyovskiy tumanlariga, şuningdek, Voljsk şahriga hujum qilgan. Hujum oqibatlarini bartaraf etiş uçun Don daryosi ustidan ötgan köprikda harakat vaqtinça çeklangan.