«Buyuk dohiy»ning dohiyona qarorlari sabab yuz minglab insonlar vatanidan ayrilgan va ona yurtidan uzoqda vafot etgan, yana yuz minglab insonlar turli tuhmat va böhtonlar bilan ölimga hukm qilingan. Butun bir xalqlar yöqlikka mahkum etilgan. Kun.uz insoniyat tarixidagi eng şafqatsiz davlat rahbarlaridan biri haqida hikoya qiladi, zero avlodlar ularning ajdodlari qanday kunlarni boşdan ötkazganini bilişi va xulosa çiqarişi lozim.

Alam bilan ösgan gruzin

Iosif Jugaşvili Vissarionoviç yoki Stalin 1878 yil 18 dekabr kuni Gruziyaning Gori şahrida tavallud topadi. Stalinning otasi, kelib çiqişi osetin deb aytiluvçi Vissarion Jugaşvili poyabzal tikuvçi usta edi. Oila ança kambağal bölib, juda köp içuvçi ota mast holda kelib, öğlini ayamay döpposlardi. Aynan şu kaltaklar yoş Stalin ruhida şafqatsizlik va diydasi qattiqlikka sabab böladi.

Noçor oila öğilni bepul çerkov maktabiga joylaştiradi. Diniy maktabni tugatgan Jugaşvili poytaxt Tbilisidagi diniy seminariyaga öqişga kiradi. Bu yerda u ilk bor jahon sotsialistik ğoyalari asosçisi — Karl Marks kitoblari bilan tanişadi. Yoş gruzin Kavkazdagi sotsial-demokratlar harakati bölmiş «Maseme-dasi»ga qöşiladi. Sotsializm tarğibotçisiga aylangan Jugaşvili temiryölçilarning inqilobiy guruhiga rahbarlik qila boşlaydi.

Inqilobiy harakatlari sabab Stalin 1899 yil diniy seminariyadan haydaladi. Şundan söng Tbilisi rasadxonasiga işga kiradi va ölkadagi siyosiy jarayonlar hamda namoyişlarda faol qatnaşa boşlaydi.

1903 yili Rossiya sotsial-demokratlari ikki guruhga: menşevik va bolşeviklarga bölinib ketgaç, Jugaşvili ança jangariroq ikkinçi guruhni tanlaydi. «Pravda» va «Zvezda» gazetalarini taşkil etişda qatnaşadi va «Pravda» gazetasida muharrirlik qiladi. Gazetada «Marksizm va milliy masalalar» maqolasi çop etilgaç, Stalin milliy masalalar böyiça mutaxassis sifatida obro‘ qozonadi. Bolşeviklar rahbari Lenin körsatmasi bilan Kavkazdagi namoyiş va mitinglarda qatnaşişni töxtatmagan Stalin yetti marta qamoq va bir neça marta surgun bilan jazolanadi.

Yoş Stalin. 1904-yil.
Foto: Live Journal

«Stalin» nomi qanday paydo bölgandi? Haqiqatda temir iroda uçunmi?