Jahongir Ortiqxo‘jayev ishdan olindi
Toshkent shahrining barcha darajadagi rahbarlari bugungi holatga tayyor emasligi keskin tanqid qilindi.

Foto: Kun.uz
Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident huzurida energiya resurslari ta’minoti yuzasidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
«Men sovuqdan qiynalayotgan har bir oila, har bir insonning kayfiyatini, hissiyotini chuqur tashvish va iztirob bilan yuragimdan o‘tkazyapman», dedi davlat rahbari.
Yuzaga kelgan vaziyat sohalar hamda hudud rahbarlarining bugungi kungacha qanday ishlaganini yaqqol ko‘rsatib qo‘ygani ta’kidlandi. Ayniqsa, Toshkent shahrining barcha darajadagi rahbarlari bugungi holatga tayyor emasligi keskin tanqid qilindi.
Poytaxtning Bosh rejasi haligacha tasdiqlanmagani natijasida ruxsatsiz qurilgan obektlar soni 250 dan oshib ketgani, qurilishga ruxsat berilganda, mavjud infratuzilmaga yuklama bo‘yicha aniq hisob-kitob qilinmayotgani, bozorlarda oziq-ovqat muzlab qolmasligi uchun, narx-navo oshib ketmasligi uchun chora ko‘rilmayotgani uchun poytaxt mutasaddilariga qat’iy e’tiroz bildirildi.
Shu bois, vaziyatga oldindan baho berib, qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagani uchun bugun Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxo‘jayev lavozimidan ozod etildi.
Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa tumanlari hokimlariga "hayfsan" berildi.
- Jahongir Ortiqxo‘jayev 2018 yil aprelida Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi bo‘lgan, 2018 yil dekabrida lavozimga tasdiqlangandi.
- 12 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda Jahongir Ortiqxo‘jayevning mas’ullarga murojaati audiosi tarqalgan, unda tuman hokimlari va boshqa mas’ullardan «ikki kun turib berish» so‘ralgan, yo‘qsa «hamma bir tiyinga yaramas hokimlar» bo‘lib qolishi aytilgandi. Shuningdek, 16 yanvarga qadar Toshkent shahridagi to‘yxonalarda xalqqa osh tarqatilishi ma’lum qilingandi.
Tavsiya etamiz
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi
O‘zbekiston | 21:22 / 17.03.2025
«Balki uddalarmiz, balki yo‘q». Tramp ertaga Putin bilan gaplashishga va’da berdi
Jahon | 20:36 / 17.03.2025
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00 / 16.03.2025
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaqin 75 yil ichida dengiz sathi uch metrga ko‘tarilishi mumkin - olimlar
Fan-texnika | 00:12
-
YeI davlatlari «Ozodlik radiosi» uchun muqobil moliyalashtirish manbalarini qidiradi
Jahon | 23:38 / 18.03.2025
-
Putin Ukraina energetika obektlariga 30 kun zarba bermaslikni qo‘llab-quvvatladi va «harbiylarga tegishli buyruq berdi»
Jahon | 23:07 / 18.03.2025
-
Bundestag mudofaa xarajatlarini oshirishga yordam beradigan qonunni ma’qulladi
Jahon | 22:25 / 18.03.2025
Mavzuga oid

08:10 / 18.03.2025
Toshkentda Lexus yo‘l chetida turgan mashina va fuqaroni urib yubordi

21:22 / 17.03.2025
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi

12:20 / 17.03.2025
Yuzlab insonlarni chuv tushirgan avtolizingchilarga hukm o‘qildi

10:01 / 17.03.2025