Özbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Akbarov Habibulla Asatoviç 8 aprel kuni 87 yoşida vafot etdi. Bu haqda Innovatsion rivojlaniş agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Habibulla Akbarov fan arbobi, geologiya sohasida yirik olim hisoblanadi. U 1936 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 1958 yilda Örta Osiyo politexnika institutining geologiya-qidiruv fakultetini tugatgan.

Faoliyati davomida Örta Osiyo geologiya va mineral xomaşyo institutida sektor mudiri (1968−79), bölim boşliği (1979−86), direktor örinbosari (1987−91), 1992−96 yillarda ToşDTU prorektori va ayni şu vaqtda universitetning foydali qazilma konlari kafedrasi mudiri lavozimlarida işlagan.

1996 yildan Özbekiston Fanlar akademiyasi Yer haqidagi fanlar bölimi raisi va Fanlar akademiyasi prezidiumi a’zosi (1997 yildan) sifatida faoliyat yuritgan.