Özbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Pokistonning Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi Ahmad Faruq bilan uçraşdi. Tomonlar mamlakatlar örtasida transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş masalalarini muhokama etdi.
Uçraşuvda, xususan, ikki mamlakat örtasida yuk taşuvi hajmini oşiriş maqsadida tomonlar Afğoniston hududi orqali multimodal taşuvni rivojlantiriş zarurligi qayd etildi.
Şuningdek, Toşkent – Lahor yönalişida muntazam aviaqatnovlarni qayta tiklaş, «Termiz – Mozori-Şarif – Kobul – Peşovar» temiryöli qurilişi loyihasi yuzasidan fikr almaşildi.













