Poytaxt hokimligi ma’lumotiga köra, özaro muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, logistika, turizm, quriliş, savdo va xizmat körsatiş sohalarida özaro manfaatli loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama etildi.
Uçraşuvda Qatar amirining oliy darajadagi taşrifi doirasida Samarqand şahrida imzolangan Toşkent va Doha şaharlari örtasida hamkorlik munosabatlarini örnatiş böyiça anglaşuv memorandumi ijrosi yuzasidan yöl xaritasini tayyorlaş masalalari körib çiqildi.
Qatar biznes delegatsiyalarini Yangi Toşkent şahri loyihalarida iştirok etişga taklif qiliş, Qatarda Özbekistonning ziyorat turizmini tarğib qiliş, Toşkent - Doha yönalişida aviareyslarni yölga qöyiş orqali özaro taşriflar va aloqalar kengayişini ta’minlaş, Dohada Toşkent va Toşkentda Doha kunlari singari madaniyat tadbirlarini taşkil etişga qaratilgan işlarni jadallaştiriş xususida fikr almaşildi.
Uçraşuv yakunida tomonlar amaliy muloqotlarni davom ettiriş böyiça kelişib oldi.








