York universiteti olimlari ötkazgan tadqiqotda smenada işlaş va kognitiv funksiya buzilişi örtasida boğliqlik borligi aniqlandi. Bunda 47,8 ming kişining ma’lumotlari va ularning iş joylari haqida ma’lumotlar örganilgan. Iştirokçilardan kognitiv funksiyaga oid testlar olingan.
Mutaxassislarga köra, smenali iş sabab kişilarning uyqu ritmi buzilişi örta yoşga borib kognitiv holatga ta’sir qiladi.
Inson tanasidagi har bir hujayra sirkadiyalik soati böyiça (organizmning 24 soat böyiça tabiiy harakati) harakatlanadi. Bunda harakat quyoş sikli böyiça boşlanadi. Quyoş nurining haddan ortiq köpligi yoki kamligi bu ritmning buzilişiga sabab bölişi mumkin.
Tungi smenada işlovçilarning asosiy muammosi ham şu. Insonning sirkadiyalik soati juda köp muhim tana vazifalari uçun budilnik vazifasini bajaradi. Bular: uyqu sikli, gormonal harakat, tana harorati, ovqatlaniş va hazm qiliş kabilar.
Har bir inson tungi vaqtda kamida 7 soat uxlaşi kerak. Lekin statistikaga köra, amerikaliklarning deyarli yarmi me’yor darajasida uxlamaydi. Tungi uyquning buzilişi va sirkadiyalik ritmiga amal qilmaslik boşqa xronologik kasalliklar, şuningdek, semizlikka ham sabab bölişi mumkin.









