Dunyo böyiça har yili işlab çiqariladigan mahsulotning uçdan bir qismi çiqindiga taşlanadi. Bir yilda jami 1,3 mlrd tonna oziq-ovqat isrof böladi. Bu, albatta, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik xarajatlarga olib keladi.
2 xil vaziyat: kimdir yaxşi holatdagi mahsulotni saqlay olmagani uçun çiqindiga taşlaşi mumkin, yana kimdir esa töyib ovqatlaniş imkoniga ega emas. Statistikaga köra, 815 mln odam töyib ovqat yeyiş imkoniga ega emas.
Bunday ma’lumotdan keyin sizda hamma mahsulotlar badastir bölsa, uni töğri saqlaş va isrof qilmaslikka harakat qiliş – töğri variant.
Plastik idişda mahsulot saqlamaslik haqida
“Muzlatkiçdagi qator holatlar oziq-ovqatning yangi saqlanişiga ta’sir qiladi. Harorat, mahsulot qanday qadoqlangani, havo aylanişi, namlik darajasi kabilar şular jumlasidan”, deydi oziq-ovqat böyiça mutaxassis Brian Çau.
Dökon rastalarida oralab yurganda köplab mahsulotlar plastik idişlar yoki öramlarda saqlanayotganini köriş mumkin. Lekin bu har doim ham töğri emas.
“Masalan, qöziqorinning tarkibi 70-90 foiz suvdan iborat. Uni plastik öramga solganda esa buğlaniş hodisasi vujudga keladi. Qöziqorin tabiatan suvli mahsulot bölgani uçun uni plastikda saqlaş tezroq eskirişiga sabab böladi. Agar qöziqorinni sotib olmoqçi bölsangiz, uni plastikdan böşatib qoğoz öramga solib berişlarini sörang. Qoğozning ğovaklari böladi va qöziqorin unda yaxşiroq saqlanadi”, deydi Brian Çau.
Yoki kökatlarning “umrini uzaytiriş” uçun ularning poyasini biroz kesib suvga solib saqlaş ham mumkin.
Lekin kökatlarda eskiriş alomatlari paydo böla boşlagaç ularni folga qoğoz töşab ustidan qoğoz soçiqlar yoyib keyin kökatlarni unga solişni va qoğoz soçiqlarga örab folga bilan yopilgan holatda saqlaş mumkin. Çunki alyumin folga qoğozi namlikni nazorat qilişga yordam beradi. Havo oqimi kamayişi oqibatida kökatlar muzdek saqlanadi va yangiligi ta’minlanadi.
Muzlatkiçsiz saqlanadigan mahsulotlar haqida











