Afğonistonda «Tolibon» tomonidan qurilayotgan Qöştepa suğoriş kanalida noyabr oyi boşlarida birinçi jiddiy avariya yuz bergan va uning oqibatlari haligaça bartaraf etilmagan. Bu haqda «Çegara bilmas daryolar» xalqaro ekologik koalitsiyasi ekspertlari ma’lum qildi.

Termiz şahridan 25 km narida, Afğonistondagi Zodiyon aholi punkti şimolida joylaşgan va kanalning öpirilgan degan da’vo bilan tarqatilayotgan fotosuratlar 10 noyabr kuni sun’iy yöldoş orqali tasvirga olingan. Unda kanalning öpirilgan joyi va yangi paydo bölgan sun’iy suv ombori körsatilgan.

Sun’iy yöldoş tasvirlarida voqealar xronologiyasi

Sun’iy yöldoş suratlariga e’tibor qaratilsa, suv sizib çiqişi noyabr oyi boşlariga töğri keladi.

26 sentabr. Bu kundagi tasvirlarda avariya sodir bölmaganini köriş mumkin. Kanalda quriliş işlari jadal davom etayotgani sababli suv ham hali yetib kelmagandi. 

11 oktyabr. Qöştepa kanalining birinçi uçastkasi qurilişi yakunlandi. Balx viloyatida foydalanişga topşiriş marosimi bölib ötdi. Afğoniston matbuotiga köra, kanal birinçi uçastkasining uzunligi 108 km – u Amudaryodan boşlanib, Balxning Davlatobod tumaniga yetib boradi. 

16 oktyabr. Şu kundagi sun’iy yöldoş suratlarida kanal suvga töldirilgani, ammo hali avariya bölmagani aks etgan. 

26 oktyabr. Sun’iy yöldoş tasvirlarida bu kun ham kanalda suv öpirilişi sodir bölmaganini köriş mumkin.