Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda kameralar avtobus yo‘laklarida to‘xtagan mashinalarga bir kunda 175 ta jarima qo‘lladi
24 dekabr kuni Toshkentning Amir Temur va Alisher Navoiy ko‘chalarida o‘rnatilgan 5 ta kamera belgilangan maxsus A yo‘laklarida to‘xtagan 175 nafar haydovchiga jarima soldi.
Toshkentda kameralar avtobus yo‘laklarida to‘xtagan mashinalarga bir kunda 175 ta jarima qo‘lladi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» ma’lumotida aytilgan.
Joriy yilning oktyabr-noyabr oylarida Ichki ishlar vazirligi «Xavfsiz shahar» markazi, Toshkent shahar yo‘l harakati xavfsizligi xizmati, Idoralararo tezkor shtabi hamda «Toshshahartransxizmat» AJ mutaxassislari bilan hamkorlikda, Toshkent shahridagi tirbandlik yuqori bo‘lgan ko‘chalar, avtobuslar harakati uchun ajratilgan maxsus A yo‘laklarga to‘xtash va to‘xtab turish qoidabuzarliklarini aniqlovchi intellektual videokuzatuv kameralaridan 30 tasi obektlarda o‘rnatilgan.
Hozirda mazkur 30 ta intellektual videokuzatuv kameralarining Amir Temur va Alisher Navoiy ko‘chalariga o‘rnatilganlaridan 5 tasi to‘liq ishga tushirildi.
2023 yil 24 dekabr kuni mazkur ko‘chalarda to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzgan 175 ta transport vositalari haydovchilariga nisbatan, belgilangan tartibda MJtKning 128-6-moddasiga asosan BHMning ikki barobari - 680 000 so‘m miqdorida jarima belgilandi.
Ma’lumot uchun, yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, ajratilgan yo‘lakka faqat o‘ngga burilish (belgilangan uzuq-uzuq chiziqli joydan), shuningdek, jamoat transporti harakatiga xalaqit bermasa, yo‘lovchilarni olish va tushirish uchun kirish mumkin.
Mavzuga oid
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
08:39 / 03.06.2026
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
22:38 / 23.05.2026
Toshkentdan voha viloyatlariga qo‘shimcha avtobus reyslari yo‘lga qo‘yildi
17:13 / 29.04.2026