Edinburg universitetidan Pari Mohan va Vaşington universitetidan Aditya Kxuller Marsning şimoliy qutb hududiga oid kuzatuvlarni qayta tahlil qildi. Tadqiqot natijalari npj Space Exploration jurnalida eʼlon qilingan.
Olimlar Korolyov va Laut kraterlari, Xasma Boreale kanoni hamda Phoenix apparati qöngan hudud haqidagi maʼlumotlarni örgangan. Bunda Mars Express apparatidagi OMEGA, MRO orbital apparatidagi CRISM asboblari va Phoenix ölçovlaridan foydalanilgan.
Tahlil uçun muzning qatlamli tuzilişini hisobga oladigan, yoruğlikning tarqalişi va yutilişini modellaştiruvçi usul qöllangan.
Natijalarga köra, örganilgan hududlardagi oçiq suv muzlarida çangning massa böyiça uluşi, odatda, 3 foizdan kam. Yangi modeldagi maksimal baho esa taxminan 2,2 foiz bölgan.
Ayniqsa, Korolyov krateri böyiça natijalar keskin farq qilgan. Avvalgi hisob-kitoblarda u yerdagi uçastkalardan birida çang uluşi 22 foiz atrofida deb baholangan edi. Yangi model şu joyning ustki qatlami uçun taxminan 0,4 foiz, pastroqdagi yirik donali muz uçun esa 0,02 foizlik natijani bergan.
Bu tafovut yangi suratlar olingani bilan emas, mavjud kuzatuvlar boşqaça talqin qilingani bilan boğliq. Muzning yoruğlikni qaytarişiga bir vaqtning özida muz donalari va çang zarraçalarining ölçami, çang miqdori hamda qatlamlarning joylaşuvi taʼsir qiladi.
Tadqiqotçilar hisob-kitoblarda çang zarraçalarining radiusini taxminan 1,6 mikrometr deb olgan. Bu Mars orbitasi va sirtidan ötkazilgan kuzatuvlarga mos keladi. Maydaroq çang zarraçalari körinadigan yoruğlikning qaytişiga kuçliroq taʼsir qilgani uçun kuzatilgan yorqinlikni tuşuntirişga kamroq çangning özi yetarli bölgan.
Yangi natijalar şimoliy muz qatlamlariga oid radar maʼlumotlariga ham yaxşiroq mos kelgan. Olimlar çang uluşi 0,05–0,5 foiz bölgan nisbatan toza muz qatlamlari çang miqdori önlab foizga yetadigan qatlamlar bilan navbatlaşib joylaşgan bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Tadqiqot qutb muzlarining mavsumga qarab yorqinlaşişi yoki xiralaşişiga ham izoh beradi. Bahor va yoz boşida muz sirtini tarkibida taxminan 1–2 foiz çang bölgan mayda donali qirov qoplaydi. Harorat kötarilgaç, qirov suyuq holatga ötmasdan bevosita buğlanadi - sublimatsiyalanadi. Natijada uning ostidagi yirik donali va tozaroq muz oçilib qoladi.












