Kristofer Nolanning özi eng yaxşi rejissyor sifatida taqdirlandi. «Oppengeymer» filmida boş rolni ijro etgan Killian Merfi dramatik filmdagi eng yaxşi aktyor deb topildi. Kiçik Robert Dauni - ikkinçi plandagi eng yaxşi aktyor. «Oppengeymer» «Eng yaxşi original saundtrek» nominatsiyasida ham ğolib böldi. 

Boşqa ğoliblar: 

Greta Gervigning «Barbi» filmi «kinematografiya va kassa yutuqlari» uçun taqdirlandi. Billi Eyiliş bu film uçun kuylangan What Was I Made For? («Men nima uçun yaratilganman?») qöşiği uçun haykalça oldi. 

Eng yaxşi komediya - Yorgos Lantimosning «Beçora baxtsizlar» filmi. Filmda boş rolni ijro etgan Emma Stoun eng yaxşi komediya aktrisasi deb topildi. 

«Eng yaxşi dramatik aktrisa» nominatsiyasida Lili Gladstoun («Gulli oy qotillari») ğolib çiqdi. 

Eng yaxşi animatsion film - Xayao Miyadzakining «Bola va quş», xorijiy tildagi eng yaxşi film: «Qulaş anatomiyasi» (Fransiya). 

«Vorislar» eng yaxşi dramatik serial, «Ziddiyat» esa eng yaxşi mini-serial deb topildi. «Ayiq» filmi eng yaxşi komediya serial nomiga sazovor böldi.

81-«Oltin globus» mukofotini topşiriş marosimi Beverli-Xillzda bölib ötdi. «Oltin globus» Amerika kinomukofoti Hollivud Xorijiy matbuot assotsiatsiyasi tomonidan 1944 yildan beri har yili yanvar oyida dunyo böylab 300 ga yaqin jurnalistlar ovozi asosida topşirib kelinadi. U kino olamida «Oskar»dan keyin ikkinçi eng nufuzli mukofotdir.