Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda maktab devori o‘quvchining ustiga quladi
Bunda qurilish korxonasi aybdor ekani ta’kidlanmoqda.
Samarqand shahridagi 5-son umumta’lim maktabida o‘quvchining ustiga devor qulagan va bosib qolgan. Bunga qurilish ishlarini olib borgan quruvchining xavfsizlik choralarini ko‘rmagani sabab bo‘lgani ta’kidlanmoqda. Bu haqda Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, maktab «Ochiq budjet» tanlovida 1 mlrd 200 mln so‘m yutib olgan. Uning hududida qurilish ishlarini boshlagan korxona xavfsizlik choralarini ko‘rmagan.
Shuningdek, quruvchidan o‘z vaqtida xavfsizlik choralarini ko‘rishni talab qilmagani uchun maktab direktoriga qonun doirasida choralar ko‘rilishi, hozir u ta’tilda ekani aytilmoqda.
Xabarda devor tagida qolgan o‘quvchining ahvoli va qurilish ishlarini olib borgan korxona nomi haqida ma’lumot berilmagan.
Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026