DW xabariga köra, Sumi viloyati harbiy maʼmuriyati rahbari Oleg Grigorov şahardagi turar joylar va maktabga törtta boşqariladigan aviabomba bilan zarba berilganini maʼlum qilgan. Ikki kişi xususiy uylar joylaşgan hududda halok bölgan.

Viloyat politsiyasi maʼlumotiga köra, xususiy turar joylar hududida 3, 6 va 15 yoşli uç bola yaralangan. Kamida yettita xonadon zararlangan.

Şahar markazidagi maktabga zarba darslar vaqtida berilgan. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning aytişiça, hujum paytida öquvçilar va öqituvçilar panohgohda bölgan. Jami qariyb 100 kişi panohgohga evakuatsiya qilingan.

Maktabga hujumdan söng olti kişi, jumladan, uç bola tibbiy yordam sörab murojaat qilgan.

Bundan taşqari, Rossiya qöşinlari Sumidagi markaziy qabristonga ham aviabomba bilan zarba bergan. «Suspіlne Sumi» naşrining maʼlum qilişiça, hujum oqibatida qabrlar zararlangan.