“Öqituvçilar qançalik köp jamiyat bilan, ota-onalar bilan aloqada bölsa, jamiyat ham ularning mehnatini şunça köp hurmat qiladi. Köpinça öqituvçilarga hurmatsizlik ularning qanday işlayotganini bilmaslikdan kelib çiqadi.
Afsuski, köplab ota-onalar uçun maktab hali ham qora quti bölib qolmoqda, çunki maktablar ota-onalar bilan yetarliça yaqin böla olmayapti. Ta’lim tizimida öqituvçilar va jamiyat qançalik bir biriga çambarças boğliq bölsa, pedagogika ham şunçalik umidbaxş sohaga aylanib boraveradi”, deydi PISA asosçisi.
Andreas Şlyayxerning misol keltirişiça, öqituvçilar maoşi örtaça bölişiga qaramay Estoniyada har 7-8 kişidan biri öqituvçi böliş uçun hujjat topşiradi. Hamma davlatlarda ham bunday emas, tanqisliklar mavjud. Buning sababi esa öqituvçi mehnati yuzaga çiqara olinmayotgani bilan boğliq.
Pandemiya ham ota-onalarga bolalarni öqitiş qançalik qiyin ekanligini körsatdi. Aslida, jamiyatimizdagi eng kerakli kasblardan biri ham öqituvçilikdir, lekin buni doim ham bilişmaydi. Pandemiya hukmron payti esa köplab ota-onalar ta’lim jarayoniga aralaşdi va ular öqituvçilar qanday işlaşini his qildi.
“Öylaymanki, oilalar va öqituvçilar örtasida qançalik köp aloqa örnatilsa, öqituvçilik kasbining mavqeyi şunçalik kötariladi. Demak, bu – öz qölimizda. Öqituvçilik kasbining maqomi öz-özidan şakllanmaydi. Bu öqituvçilarning mehnati va maktablar faoliyati, söng esa maktablarning jamiyat bilan qay darajada boğlanganligi natijasida sodir böladi”, deydi Andreas Şlyayxer.











