Özbekiston Respublikasi boş vazirining sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantiriş masalalari böyiça maslahatçisi Botir Xöjayev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Kun.uz’ning hukumatga yaqin manbasi xabar berdi.

«Botir Asadillayeviç Xöjayev pensiyaga çiqişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi boş vazirining sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantiriş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimidan ozod qilinsin.

B.A.Xöjayevning avvalgi lavozimi böyiça belgilangan tibbiy xizmat körsatiş şaroitlari saqlab qolinsin», deyiladi Vazirlar Mahkamasi qarorida.

Botir Xöjayev 1956 yilda tuğilgan, 1979 yilda Toşkent temir yöl muhandislari institutini tamomlagan.

1992−1996 yillarda — Toşkent şahar Çilonzor tumani hokimining birinçi örinbosari va Toşkent şahar hokimining örinbosari bölib işlagan, 1996−1997 yillarda — Davlat mulki qömitasi raisining birinçi örinbosari, 1997−1998 yillarda — Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil boşqarmasi boşliği örinbosari, 1998−2002 yillarda — Soliq qömitasi raisining birinçi örinbosari va raisi, 2002−2005 yillarda Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boşqarmasi boşliği lavozimlarida faoliyat körsatgan.

U 2005−2006 yillarda — Prezidentning ijtimoiy-iqtisodiy masalalar böyiça davlat maslahatçisi bölgan, 2006−2009 yillarda — Iqtisodiyot vaziri,  2009−2011 yillarda — boş vazir örinbosari — Davlat arxitektura va quriliş qömitasi raisi, 2011−2016 yillarda — Iqtisodiyot vazirining birinçi örinbosari sifatida işlagan.

2016 yildan Moliya vaziri lavozimida işlagan Botir Xöjayev 2017 yilda Iqtisodiyot vaziri lavozimiga ötkazilgan, 2019 yil yanvarida prezident farmoni bilan bu vazirlik qayta taşkil etilib, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga aylangan, Xöjayev vazirlik rahbari sifatida lavozimini saqlab qolgandi. 2020 yilning fevralida esa u Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimidan ozod etildi va boş vazir maslahatçisi lavozimiga tayinlangandi.