Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Issiqlik va issiq suv tariflari 2025 yilda ham ikki marta oshadi
2024 yilda tariflar viloyatlarda bir marotaba, Toshkent shahrida esa ikki marotaba oshirilgan. 2025 yilda viloyatlarda ham, poytaxtda ham ikki marta 15 foizdan oshishi kutilmoqda.
Issiqlik va issiq suv tariflari 2025 yil davomida 2 marotaba oshiriladi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Ilhom To‘rayev ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2024 yilda viloyatlarda bir marotaba, poytaxtda esa ikki marotaba tarif narxlari oshirilgan. Keyingi yildan esa tariflar viloyatlarda ham ikki marotaba oshiriladi.
«To‘lov tizimlari bo‘yicha Koreya va qo‘shni davlatlar tajribasini o‘rganib chiqdik. Ko‘pchilikda uyda yashamasam, issiqlikka to‘laymanmi yoki to‘lamaymanmi, degan savol tug‘iladi. Koreyada uyning minimal issiqligini saqlab turish uchun abonent to‘lovi olinadi. Biz tarif siyosatini to‘g‘ri yuritsak, shunda narxlarning oshishi yoki oshmasligi hal bo‘ladi», dedi u.
To‘rayevning ta’kidlashicha, to‘lovlarni davlat tomonidan qoplab berishda juda katta subsidiya bor. Subsidiyadan qutilish va tizimni yangilash uchun narxlar qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Uning qo‘shimcha qilishicha, 2025 yilda tariflar ikki marta — o‘n besh foizdan oshishi mumkin.
Mavzuga oid
17:40 / 24.11.2025
2026 yilda issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari oshiriladi
12:03 / 30.10.2025
Isitish mavsumi qachon boshlanadi?
09:57 / 25.08.2025
Toshkentda issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari oshiriladi
15:44 / 19.08.2025