
9 yanvarga ötar keçasi Rossiya qöşini Kiyev böylab navbatdagi marta yopirilma zarbalar yölladi, şundan keyin şaharda issiqlik, elektr va içimlik suv ta’minoti böyiça vaziyat keskin yomonlaşdi. Öşa kuni Ukraina poytaxti meri Vitaliy Kliçko şahardagi köp kvartirali uylarning qariyb yarmi – olti mingga yaqin uylar issiqliksiz qolganini aytib, bu hududlarda yaşovçi kiyevliklarni imkon qadar şahardan ketişga çaqirdi.


Şu haftada Kiyevda kuçli sovuq boşlandi. Muzlaş va noqulay ob-havo tufayli tiklaş va ta’mirlaş bilan şuğullanuvçi mutaxassislarda qöşimça qiyinçiliklar yuzaga kelgan. Ukrainaning DTEK energetika kompaniyasi svet bilan boğliq vaziyatni «butun qiş davomidagi eng murakkabi» deb atadi.
Oradan beş kun ötib, 14 yanvar kuni Kliçko Kiyevdagi vaziyat hamon «juda murakkab» ekanini aytdi. «Bunaqasi keng kölamli uruşning tört yili içida birinçi marta bölmoqda», – deb yozdi u. Öşa paytda şaharda, uning sözlariga köra, 400 ga yaqin köp qavatli uylar issiqliksiz qolgandi. Mer Kiyevning Dnipro daryosi öng sohilida joylaşgan qismida issiqlik ta’minoti bilan boğliq vaziyat nisbatan barqaror ekanini aytib, çap qirğoqdagi vaziyatni murakkabroq deb baholagan.

Ukrainaning Energetika tadqiqotlari markazi direktori Aleksandr Xarçenko ham Kiyevda butun uruş davomida energetika bilan boğliq bunday murakkab vaziyat bölmaganini ta’kidlagan. «Dunyoda heç qaçon – 15 darajadagi haroratda markaziy isitiş tizimi mavjud bölgan şaharga hujum qilinib, u vayron qilinmagan», – degan u.
Volodimir Zelenskiy 14 yanvar kuni ötkazilgan yiğilişda Ukraina energetika tizimida favqulodda holat rejimi joriy etilişi, hukumat esa sovuq payt uçun komendantlik soati qoidalarini qayta körib çiqişini ma’lum qildi. «Odamlarda qöllab-quvvatlaş punktlaridan maksimal darajada foydalaniş imkoniyati bölişi, biznes esa energiya tizimidagi vaziyatni hisobga olgan holda işni rejalaştiriş imkoniyatiga ega bölişi kerak», – deya qöşimça qildi Ukraina prezidenti.

















