Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Fiskal tahlillar instituti tomonidan ötkazilgan “Fiskal muloqot” tadbirida issiqlik ta’minoti subsidiyalarini isloh qiliş böyiça bir qator takliflar ilgari surildi.
Institut bölim boşliği, iqtisodiyot böyiça falsafa doktori Uçqun Abduğaniyev öz taqdimotida issiqlik ta’minoti uçun amaldagi subsidiya tizimi davlat byudjyeti uçun katta xarajat talab qilayotganini aytdi.
“Issiqlik ta’minotida amaldagi subsidiya mexanizmi barça iste’molçilarga daromadi va mulkiy holatidan qat’i nazar arzon tarif taqdim etişga asoslangan. 2026-yilda respublika böyiça issiqlik ta’minoti subsidiyalari 3,8 trillion sömni taşkil etmoqda. Şundan 2,9 trillion söm yoki umumiy hajmining 77 foizi Toşkent şahri aholisiga töğri keladi. Toşkent şahridagi issiqlik ta’minoti asosiy mablaği bevosita davlat byudjyeti mablağlaridan qoplanadi. Aholi bazaviy tarifning 20 foizdan kam qismini tölaydi. Qolgan qariyb 80 foizi byudjyetdan qoplanadi”, – dedi Abduğaniyev.
Ta’kidlanişiça, yuridik şaxslar tariflarida ham yagona yondaşuv mavjud emas. Byudjyet taşkilotlari boşqa yuridik şaxslarga nisbatan biroz yuqori tarifda haq tölaydi.
Institut issiqlik ta’minotida ham ijtimoiy norma joriy qilişni taklif etyapti. Bunda, misol uçun, uy xöjaligida 60 kvadrat metr yoki har bir röyxatdan ötgan yaşovçiga 16 kvadrat metr ijtimoiy norma deb olinadi. Me’yordan ortiq maydon uçun esa bazaviy tarifda tölov undiriladi.
Bazaviy tarif – 1 Ggal uçun 711,6 ming sömni taşkil etadi. Agar yuqorida aytilganidek, bugungi kunda aholi bazaviy tarifning 20 foizini tölayotganidan kelib çiqilsa, u holda ijtimoiy normadan çetga çiqqanda 100 foizlik tarif amal qilişi bilan narx birdaniga 5 barobarga kötariladi.
“Ikkinçi va keyingi uy-joylar uçun tölovni bazaviy tarifning 40 foizidan va bosqiçma-bosqiç 100 foizgaça yetkaziş, kelgusida yuridik şaxslarni esa 60, 80 va 100 foizlik bosqiçlar orqali bazaviy tarifga ötkaziş taklif etiladi. Örta muddatli istiqbolda subsidiyani barça iste’molçilarga bir xil tarif orqali beriş örniga Ijtimoiy himoya yagona reyestri orqali ehtiyojmand oilalarga manzilli pul yordamini ajratiş maqsadga muvofiq”, – deydi institut tadqiqotçisi.
Qöşimça qilinişiça, Toşkentdagi xonadonlarning qariyb 45 foizi 60 metr kvadratgaça maydonda bölgani sababli, uşbu özgarişlar qabul qilingan taqdirda ham, ularning tölov tarkibida keskin özgariş bölmaydi.

















