Nukus, Qarşi, Andijon va Namanganda ham jamoat transportida yölkira narxi oşişi kutilmoqda. Bu haqda viloyat hokimliklarining Özbekiston Respublikasi noormativ-huquqiy hujjatlarining muhokamasi saytiga qöygan «Şaharda yölovçilar transportida yölovçilar taşiş haqining yangi tarifini belgilaş töğrisida»gi qarori loyihalarida söz bormoqda.

Hujjat loyihasida ta'kidlanişiça, yölkira tariflarining oşirilişiga Moliya vazirligining 2018 yil 12 apreldagi xati asos qilib olingan.

Namangan viloyat hokimligi tomonidan kiritilgan qaror loyihasiga köra, Namanganda 2018 yilning 1 may sanasidan e'tiboran jamoat transportida yölkira haqi 1000 söm etib belgilanadi. Hozirgi vaqtda Namanganda avtobuslarda yölkira haqi 500 sömni taşkil etmoqda.

Qashqadaryo viloyat hokimligi tomonidan kiritilgan qaror loyihasiga köra, Qarşi şahar yölovçilar transportida yölovçilar taşiş xizmatlarining çeklangan tarifi «Damas» rusumli avtotransport vositalari uçun yölkira haqi bir yölovçi uçun 1500 (bir yarim ming) söm, «Isuzu» avtobuslariga 1000 (ming) söm etib belgilanişi, uşbu qaror hokimlikning qashqadaryo.uz rasmiy veb-saytiga joylaştirilsin hamda ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinişi va rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuçga kirişi belgilanmoqda.

Andijon viloyat hokimligi tomonidan kiritilgan qaror loyihasiga köra, Andijon şahar hududida faoliyat körsatayotgan avtobus yönalişlari uçun yöl kira narxlari 1000 söm etib belgilanadi. Andijon şahar hududida faoliyat körsatayotgan yönalişli taksi yönalişlari uçun yöl kira narxlari 5 kilometrgaça bölgan masofa uçun — 1000 söm miqdorida; 5 kilometrdan yuqori bölgan masofa uçun – 1500 söm etib belgilanişi nazarda tutilmoqda.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi tomonidan kiritilgan qaror loyihasiga köra, Qoraqalpoğiston Respublikasida şahar yölovçilar transportida yölovçilar taşiş xizmati bir martalik avtobusda yölovçilarni taşiş xizmati tarifi 900 söm va yönalişli taksida yölovçilarni taşiş xizmati tarifi 1000 söm miqdorida belgilanişi nazarda tutilgan.