Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi barcha tashkilotlarni Hospitality Contract tizimiga qo‘shilishga chaqirdi

Foto: Illyustrativ surat
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi barcha tashkilotlarni ixtiyoriy ravishda yangi "Mehmondo‘stlik shartnomasi" - Hospitality Contract tizimiga qo‘shilishni taklif etadi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning KUN.UZ'ga ma'lum qilishicha, Qo‘mita bilan "Mehmondo‘stlik shartnomasi"ni imzolagan tashkilotlar o‘z zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:
- Xodimlar barcha mehmonlarni yuzda tabassum bilan kutib olishlari kerak, ya'ni kelgan mehmon o‘zining kutilgan ekanini his qilishi kerak.
- Xodimlarning nutqi rivojlangan bo‘lishi kerak. Imkon qadar ma'lumotlarni mehmonlarga qulay tillarda (kamida o‘zbek, rus va ingliz tillarida) yetkazish maqsadga muvofiqdir. Mehmonlar bilan xushmuomala bo‘lish zarur. Ularga bu borada muntazam ravishda maxsus treninglar o‘tkaziladi.
- Xodimlar did bilan ozoda kiyingan bo‘lishlari kerak (maxsus uniformalar).
- Personal barcha qo‘ng‘iroqlarga xushmuomala javob qaytarishi kerak. Telefonda tizimli ravishda javob berish talab etiladi. (Mijozlar qo‘ng‘iroq qilishganida "Assalomu alaykum. Bu "..." qahvaxonasi yoki "..." restorani. Qanday xizmat ko‘rsatishimiz mumkin?" qabilidagi standart javoblar berilishi maqsadga muvofiq).
- Sanitariya-gigiyena tarmoqlari zamonaviy standartlarga javob berishi va soatma-soat tozalash tizimiga rioya qilinishi kerak. Hojatxona, vannaxonalar doimiy ravishda toza bo‘lishi kerak. Sovun, hojatxona qog‘ozi va boshqa sanitariya-gigiyena vositalari o‘z joyida bo‘lishi shart.
- ClickSmile SB bazasida xizmat sifati monitoringi va boshqaruvi tizimi yo‘lga qo‘yish kerak. Unda xizmat ko‘rsatish tizimini baholovchi "xursand bo‘ldim" yoki "qanoatlanmadim" tugmalari bo‘ladi. U Wi-Fi tizimi orqali yagona serverga beriladi. Keyin turli reytinglar ishlab chiqiladi. Qancha mijoz tashrif buyurgani va ulardan necha kishi xizmatlardan norozi bo‘lib ketgani bilinadi.
Bundan tashqari, Hospitality Contract tizimiga kirgani va o‘ziga shu majburiyatlarni olgani to‘g‘risida ularning eshigi yoki boshqa ko‘zga ko‘ringan joyida maxsus sertifikati va nakleykasi bo‘ladi.
Yirik tashkilotlardan - aeroportlar, temir yo‘l vokzallari, avtovokzallar, banklar, mehmonxonalar, restoran va kafelar, muzey va galereyalar, tarixiy obidalar va umuman, xizmat ko‘rsatish sohasi vakillari bilan shartnoma tuziladi, ular bilan Click Smile tizimi o‘rnatiladi.
Uzbekistan Tourism Industry Awards tizimi doirasida ko‘proq ijobiy baholangan, e'tirozlar bo‘lmagan yoki nisbatan kamroq bo‘lgan, mijozi ko‘p tashkilotlar rag‘batlantiriladi. Ularga chorak yoki yil yakunlariga ko‘ra turli mukofotlar va sertifikatlar topshiriladi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Bosh shtabi: Sumiga zarba bergan brigadaga hujum qilindi
Jahon | 13:06
-
AQSh Vengriya bosh vaziri apparati rahbariga qarshi sanksiyalarni bekor qildi
Jahon | 13:03
-
AQSh Ukrainaga harbiy yordam uchun «qarz» miqdorini uch barobarga kamaytirdi
Jahon | 13:03
-
Rossiya va Ukraina bir-biriga dronlar bilan hujum qildi
Jahon | 12:26
Mavzuga oid

19:50 / 08.01.2025
Turistik klasterlarni tashkil etish tartibi belgilandi

17:37 / 12.11.2024
O‘zbekiston taksi xizmati eng arzon davlatlar qatoriga kirdi

22:36 / 26.09.2024
Chirchiq daryosining 6 km qismida dam olish hududi barpo etiladi

15:05 / 02.09.2024