“Sevimli” telekanalidagi “Sabriya” milliy serialida behayo sahnalar efirga uzatilgani va bu tanqidlarga sabab bölgani ortidan telekanal boş direktori va boş muharriri işdan olindi.

Biroq endi masalaning boşqa jihati ayon bölmoqda: “Sevimli” telekanalining egalari – Kinematografiya agentligi boş direktori Firdavs Abduxoliqovning öğli, qizi va rafiqasi. Bu telekanalning kamida uçta milliy serialida davlat buyurtmaçisi – ayni şu agentlik.

Bugun Abduxoliqovning oila a’zolaridan iborat telekanal ta’sisçilari uni telekanal Kuzatuv kengaşiga rahbar etib tayinladi. Bu esa manfaatlar töqnaşuviga oid yangi savollarni uyğotadi, çunki milliy seriallar uçun xususiy telekanallarga budjetdan beriladigan milliardlab subsidiyalarning taqsimlovçisi – aynan Kinematografiya agentligidir.

Kun.uz mazkur voqealar xronikasidagi asosiy nuqtalarni sanab ötadi.

Saida Mirziyoyevaning tanqidi va Amira Raşidovaning javobi

14 yanvar kuni “Sevimli” telekanalida “Sabriya” serialining 32-qismi namoyiş etildi. Undagi sahnalardan birida giyohvand yigit qizni töşakda zörlab, u bilan jinsiy aloqa qilişga urinayotgani tasvirlanadi.

Efirga ketgan epizod lavhasi 17 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, jamoatçilikning keskin e’tirozlariga sabab böldi. 18 yanvar kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi serial böyiça ekspertiza tayinladi.

19 yanvarga kelib Mass-media fondi raisi örinbosari Saida Mirziyoyeva ham serialni jiddiy tanqid ostiga oldi. U nafaqat behayo sahna, balki serialning butun mazmuni axloqsizlik va ayollarni yomonotliq körsatişga yöğrilganini ta’kidladi.

“Badiiy saviya haqida gapirib ham ötirmayman, unaqa narsaning özi yöq”, degan Mirziyoyeva “heç qaysi filmda ayollarga nisbatan bu qadar nafrat körmagani”ni aytdi. “Uşbu serialda ayollar fikri tor, makkora, zaifa, hayotdagi hamma balolarga sababçi qilib körsatilgan”, – dedi u.

Şu kuni “Sevimli” telekanali boş prodyuseri Amira Raşidova tanqidlarga javob berib, serialda “oçiq zöravonlik, behayo yoki axloqsiz sahnalar körsatilmagani”ni aytdi.

“Yovuzlikni körsatmay, yomon odamlarning borligini berkitib yaşaydigan zamonda emasmiz, Xudoga şukr”,