«Turkiston», «Yunusobod» metro bekatlari 4 oyga profilaktik işlar uçun yopiladi. Bu haqda «Toşkent metropoliteni» DUK matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilişiça, «Turkiston-Yunusobod–Şahriston» metro bekatlari oraliğida bepul xizmat körsatuvçi katta siğimli avtobuslar (metrobus) harakati yölga qöyiladi. Avtobuslarning kunlik iş vaqti tongi 06:00 dan tungi 00:00 ga qadar amalga oşiriladi.

«Jahon tajribasidan kelib çiqqan holda, metro poyezdlar harakati va yölovçilar xavfsizligini ta’minlaş hamda sifatli xizmat körsatiş maqsadida, yer osti metro tunnelari va bekatlari ma’lum muddat ekspluatatsiya qilinganidan söng, rejali profilaktik işlarni amalga oşiriş lozim», – deyiladi rasmiy bayonotda.

Ta’kidlanişiça, metropolitenning «Şahriston» va «Ming Örik» bekatlari oraliğida poyezdlar harakati odatidagidek davom etadi. Harakat tarkiblarining intervali 5 daqiqagaça qisqartirilişi qayd etilgan. 

Toşkent metropoliteni xabariga köra, Yunusobod yönalişi işga tuşirilganidan beri ikkinçi marta profilaktik tekşiruvdan ötadi. Yönalişning birinçi bosqiçi 2001 yilda faoliyatini boşlagan, şundan söng ilk rejali profilaktik işlar 2002 yil 3 oy davomida olib borilgan.