Şavkat Mirziyoyev huzurida 14 aprel kuni Axborot texnologiyalari vazirligining faoliyati va 2022 yildagi rejalari muhokamasiga bağişlangan yiğiliş ötkazildi. Yiğilişda sohadagi bir qator kamçiliklar sanab ötildi.

«Taraqqiyot strategiyasida raqamli iqtisodiyotni drayver sohaga aylantirib, IT xizmatlarini 2,5 barobar oşiriş va eksportni 500 million dollarga yetkaziş böyiça katta-katta maqsadlarni qöydik.

Bir narsani aniq tuşuniş kerak. Uşbu soha rivojlanmasa, boşqa biror-bir tarmoq oldinga yurmaydi»,  deydi davlat rahbari.

Lekin sohada yeçimini kutayotgan muammolar va işga solinmagan imkoniyatlar hali köpligi qayd etilgan. Jumladan:

  • hududlarning optik tolali internet bilan qamrab oliş darajasi past — 72 foiz;
  • 118 ta olis qişloqlarga aloqa tizimi va internet umuman yetib bormagan. Şuningdek, magistral avtomobil yöllarning atigi 38 foizi mobil internet bilan qamrab olingan. Hududlarda internet sifati va tezligi pastligiça qolmoqda;
  • «Özbektelekom»ning daromadlari va samaradorligi boşqa mamlakatlar kommunikatsiya kompaniyalaridan ança past.

Yiğilişda vazirlik va taşkilotlarga bir qator vazifalar yukladi.

«Axborot texnologiyalari vazirligi nafaqat öz tarkibidagi korxonalar bilan, balki barça tarmoq va hududlarda raqamlaştiriş va axborot texnologiyalari bilan bevosita şuğullanişi şart», deydi prezident.

Endilikda vazirlik rahbariyati har hafta tumanga, qişloqqa, mahallaga, korxonalarga borib, joylardagi muammolarni örganadi va hal etib boradi. Har bir vazirlik, idora va hokimlarning IT’ga mas’ul örinbosari AKT vaziriga böysunadi, ularning işi har çorakda aniq natijalarga qarab baholanadi.

Davlat rahbari Özbekistonni mintaqaviy IT markaziga aylantiriş vazifasini qöygan. Buning uçun:

  • IT eksportini yil yakuniga qadar kamida 100 million dollarga yetkaziş;
  • içki IT xizmatlari hajmini yiliga kamida 50 foizga ösişini ta’minlaş;
  • joriy yilda qolgan 6 ta hududda ham IT-parklarni töliq işga tuşiriş va malakali kadrlar ta’minlaş;
  • qolganlarida kamida 20 tadan kompaniyalar faoliyatini yölga qöyiş va 5 ming nafar yoşlarni yuqori daromadli iş bilan ta’minlaş zarurligi körsatib ötilgan.