Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikaning Netflix kompaniyasi Amir Temur haqida film suratga oladi
Tayyorgarlik davri 2023 yilning yanvar-mart oylariga, suratga olish ishlari esa aprel-may oylariga rejalashtirilgan.
Filmga Jyeykob Shvars rejissyorlik qiladi.
Buyuk sarkarda haqida film suratga olish g‘oyasi 2019 yildan beri muhokama qilinmoqda. O‘shanda Turizm davlat qo‘mitasi serial “Taxtlar o‘yini”ni ham ortda qoldirishini ma’lum qilgandi.
Shu paytgacha Amir Temur haqida bir qancha film ishlangan. Biroq ularning hech biri dunyo darajasiga chiqqan emas va ulug‘ sohibqiron shaxsini ochib berolmagan.
Bobokalonimiz siymosini birinchi bo‘lib kinoda ozarlar jonlantirishgan, 1973 yilda suratga olingan “Nasimiy” filmida Yusuf Veliyev Amir Temur obrazini gavdalantirgan.
Rejissyor Timur Bekmambetovning 2005 yilda yaratilgan “Kunduzgi posbon” nomli fantastik filmiga ham ulug‘ sarkarda obrazi kiritilgan. 2006 yilda rossiyalik rejissyor Aleksandr Fetisov tomonidan “Temur qarg‘ishi” nomli hujjatli film suratga olingan.
Mavzuga oid
11:22 / 24.03.2026
O‘monda Temuriylar izi topildi: saroy va masjidlarda Samarqand uslubi
14:19 / 21.03.2026
Navro‘z konsertida Amir Temur haqida kompozitsiya qo‘yildi
09:10 / 27.02.2026
Tojikistonda Amir Temur hayotiga bag‘ishlangan noyob qadimiy qo‘lyozma saqlanmoqda
08:37 / 27.02.2026