Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi hududlarda öqituvçilarning tibbiy körikdan ötişi bilan boğliq muammolar böyiça Soğliqni saqlaş va Moliya vazirligiga murojaat qildi. Bu haqda Kun.uz'ga kengaş raisi örinbosari Isroil Tillaboyev ma'lum qildi.

Öqituvçilar majburiy tibbiy körikning pulli ekanidan norozi

Murojaatda aytilişiça, XTV tizimidagi pedagog xodimlar neça yillardan buyon har yilgi majburiy tibbiy körik uçun öz yonlaridan pul tölab ötişayotganidan norozilik bildirişmoqda. Jamoatçilik kengaşiga 100 nafardan ortiq öqituvçi şu masalada murojaat yöllagan.

“Qonun hujjatlari bilan pedagog xodimlar uçun davlat soğliqni saqlaş muassasalarida bepul tibbiy körikdan ötiş (davlat ta'lim muassasalari va taşkilotlari uçun) belgilanganiga qaramasdan, hududiy soğliqni saqlaş boşqarma va bölimlari tomonidan noqonuniy ravişda pul talab qiliş holatlari kuzatilmoqda.

Bunga sabab sifatida, hududiy moliya boşqarmalari tomonidan tibbiy körik uçun tegişli mablağ ajratilmagani kabi vajlar keltirilmoqda. Aslida bu mablağ joylardagi hududiy moliya boşqarmalari tomonidan qoplab berilişi lozim.

Pedagog xodimlarning amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, bepul tibbiy körikdan ötişi borasidagi muammolarning barham topişida amaliy yordam berişingizni söraymiz”, – deyiladi murojaatda.

Sudda öqituvçilar yutib çiqqan

Tillaboyevning ma'lum qilişiça, respublikadagi davlat maktablarida qariyb 500 ming nafar öqituvçi faoliyat yuritadi va ularning har biri, har öquv yili avvalida tibbiy körikdan ötiş uçun öz yonidan 150 ming söm atrofida pul tölaşga majbur böladi.

Yana bir ma'lumot, bir yil avval Farğona viloyatining Uçköprik tumanida 6 nafar öqituvçi tuman tibbiyot birlaşmasini ayni şu masalada sudga bergan va sudda yutib çiqqan. Natijada faqat öşa 6 nafar öqituvçining tibbiy körigi bepul amalga oşirilgan, xolos.

Vaholanki, Mehnat kodeksining 214-moddasiga köra, umumta'lim maktablarida bevosita bolalarga ta'lim-tarbiya beriş bilan maşğul bölgan pedagog va boşqa xodimlarini iş beruvçi mehnat şartnomasi tuziş çoğida dastlabki tarzda va keyinçalik (iş davomida) vaqti-vaqti bilan tibbiy körikdan ötkazişni taşkil qilişi şart.

Tibbiy köriklardan ötilişi munosabati bilan xodimlar çiqimdor bölmaydilar.