Tahririyatga Çortoq tumanidagi Sulton Uvays Qaroniy ziyoratgohida saqlanayotgan Qur’oni Karim muşafi öğirlangani haqida ma’lumot kelib tuşdi. Kun.uz muxbiri holatga oydinlik kiritiş maqsadida Namangan viloyati Madaniy me’ros boşqarmasi rahbari Muhammadjon Qodirov bilan boğlandi.

Muhammadjon Qodirov kitob rostdan ham yöqolganini tasdiqladi. Uning qöşimça qilişiça, obekt madaniy meros agentligi ixtiyorida bölsa-da, u yerni tasarruf etiş alohida direksiya zimmasiga yuklatilgan va Qur’oni Karim muşafi ham öşa direksiya tomonidan saqlanadi. Ziyoratgohni tasarruf etayotgan direksiya bilan boğlanişning imkoni bölmadi. Çortoq tumani hokimligi axborot xizmati masofa uzoqligini, u yerdagi holat böyiça batafsil ma’lumot bera olmasligini bildirdi.

Öğirlangani aytilayotgan Qur’oni Karim muşafi töliq ipak matodan tayyorlangan bölib, u 1874 yilda yozib tugatilgan. Kitobning böyi 74 santimetr, eni 51 santimetr va qalinligi 12 santimetr bölgan. 426 betdan iborat kitobning har bir betiga 13 qatordan oyatlar yozilgan.

Qölyozma Mavlono Xoja Lutfulloh Çustiy xonaqohi va mozoriga daxldor hisoblanadi. U 1995 yilgaça Qirğizistonning Özgan şahrida, Toşkentda imomlik qilgan va yaşagan Eşonxon Oqilov xonadonida saqlangan. 1995 yilda kitobni namanganlik Kamolxon Muhiddinov öz yurtiga olib kelgan. 2017-2019 yillarda, Sulton Uvays Qaroniy ziyoratgohi ta’mirlangandan söng qölyozma öşa yerga olib çiqib qöyilgan edi.

Manbaning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça holat viloyat huquqni muhofaza qiluvçi organlariga ma’lum. Ammo xozirça mas’ullar vaziyatni örganişga şoşilişmayapti.

Kun.uz ikki yil oldin uşbu Qur’oni Karim – Muşafi haqida video lavha tayyorlagandi.