Hujjatga köra, hokimliklar Quriliş vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 15 noyabrga qadar muddatda yölaklar loyihalarini işlab çiqib, jamoatçilik muhokamasiga joylaştiradi.
Yölaklarni quriş işlari 2021 yil 1 yanvardan boşlanib, 2021 yil 1 mayga qadar tugatilişi belgilandi.
Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:
- piyodalar va velosiped yölaklarining umumiy uzunligi
3-5 kilometrni taşkil etadi va özaro uzviy boğliq böladi; - zamonaviy, energotejamkor (harakat sensorlari bilan jihozlangan) yoritiş tizimlari va yoruğlik qaytaruvçi, yölaklarni boşlanişi, oraliği va yakunini körsatuvçi yöl belgilari bilan töliq ta'minlanadi;
- piyodalar va velosiped yölaklarini barpo etişda alohida harakatlaniş imkoniyatlari yaratiladi hamda nogironligi bölgan şaxslar uçun «tösiqsiz muhit» taşkil etiladi.
2021 yil uçun investitsiya dasturi doirasida markazlaşgan kapital qöyilmalar hisobidan markaziy köçalarni modernizatsiya qiliş uçun jami 1,4 trln söm mablağ ajratiladigan böldi.
Şuningdek, Toşkent şahar hokimligi 2021 yil davomida bosqiçma-bosqiç barça tumanlarda aholi uçun qulay köçalarda umumiy uzunligi 50 km bölgan piyoda va velosipedda yuriş uçun «Salomatlik yölaklari»ni taşkil etadi. Buning uçun Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi poytaxt hokimligiga 2023-2024 yillarda qaytariş şarti bilan 20 mln dollar miqdorida foizsiz ssuda beradi.
Uşbu tajribadan kelib çiqib, 2022 yildan boşlab Nukus, Buxoro, Nurafşon, Samarqand, Termiz, Xiva, Şahrisabz va Qöqon şaharlarida hamda 2023 yildan boşlab respublikaning barça yirik şaharlarida piyoda va velosipedda yuriş uçun «Salomatlik yölaklari» taşkil etiladi.
Keyingi öquv yilidan barça sinflarda jismoniy tarbiya darsi haftada 2 soatdan ötiladi








