2022 yil 15 avgust kuni Qarshi şahridagi Şayxali mahallasida joylaşgan terini qayta işlaş korxonasi havoga qölansa hid çiqarayotganidan norozi bölgan 43 yoşli fuqaro özini yoqib yubordi. Hodisa yuzasidan Qaşqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi munosabat bildirdi.

Unda yozilişiça, Qarshi şahridagi “Qarshi Leather” MÇJ xorijiy korxonasida ekologiya xodimlari tomonidan muntazam ravişda tasdiqlangan dastur asosida tabiatni muhofaza qilişga oid qonun va normativ huquqiy hujjatlar talablari ijrosini ta’minlaş yuzasidan örnatilgan tartibda tegişli ruxsatnomalar asosida örganiş işlari olib borilgan.

Jumladan, 2021 yil mart oyida iqtisodiy sudning hal qiluv qarori asosida korxonaga kiritilgan da’vo arizasi böyiça ötkazilgan örganişlar natijasida atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik holati aniqlanib, 284 million söm majburiy kompensatsiya tölovlari undiriş böyiça qaror qabul qilingan.

Berilgan ekologik ekspertiza xulosasi talablarining bajarilişi, ifloslantiruvçi moddalarning me’yor darajasidan yuqori çiqqani va örnatilgan talablariga rioya etilmagani böyiça aniqlangan kamçiliklar va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik uçun keyingi örganişlarda 346 million söm ma’muriy kompensatsiya tölovi ham hisoblangan.

Örganişlar yakunida korxonaga amaldagi qonunlarga töla rioya etiş böyiça bir neça bor majburiy körsatmalar berilgan. 2021 yil noyabr oyida viloyat Ekologiya boşqarmasi tomonidan iqtisodiy sudga mazkur xorijiy korxona faoliyatidagi kamçiliklarni bartaraf etgunga qadar vaqtinça töxtatiş masalasida ariza kiritilgan.

Munosabatda yozilişiça, 2022 yil mart oyida “Qarshi Leather” MÇJ korxonasi rahbari viloyat Ekologiya boşqarmasiga xat yuborib, korxona xitoylik investorlar tomonidan 2022 yil 1 mart kunidan noma’lum muddatga töxtatilgani, korxonaning suvlarini kanalizatsiya quvuriga qöyiş böyiça biror bir tösiq va taqiqlar bölsa ular tomonidan kiritilgan investitsiya mablağlarini olib çiqib ketiş hamda korxona faoliyati butunlay töxtatilişi aytilgan. Şuningdek, xatda korxonaning iş faoliyatini qayta tiklaş uçun Qarshi şahar kanalizatsiya quvurining ğarbiy nuqtasiga çiqindi oqova suvlarini quyişni ma’lum qilgan.

2021 yil oktyabr oyida mazkur xorijiy korxonadan aholi yaşaş maskanlariga yaqin bölgan juda katta maydonga noqonuniy taşlangan çiqindi oqova suvlarini tozalaş uçun viloyat hokimligi, viloyat IIB, viloyat Ekologiya boşqarmasidan işçi guruh tuzilib, çiqindi suvlari taşlangan zovurlar katta mablağ hisobiga töliq tozalanib, uşbu zovur tuproq bilan kömib taşlangan. Hozirda mazkur joylar obodonlaştirilib, futbol maydonçalari taşkil etilgan.