29 iyun kuni Jizzax viloyatining «Söğdiyona» klubi prezidenti Öktamjon Mahmudjonov jamoa rahbariyati va murabbiylar ştabi bilan navbatdan taşqari yiğiliş ötkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bergan.
Yiğilişni klub prezidenti Mahmudjanov Öktamjon Ismailoviç olib bordi. U öz sözida klubning birinçi davradagi qoniqarsiz natijalari va darvozabonlarni tayyorlaşdagi kamçiliklar borasida söz yuritgan.
«Söğdiyona» çempionatning birinçi davrasini 13-örinda yakunlagan, jizzaxliklar 5 ğalaba, 2 durang va 8 mağlubiyat qayd etgan. Bu natija rahbariyatni qoniqtirmagan, bu esa jamoa boş murabbiyi Davron Fayziyev işdan böşaş haqida ariza yozişi bilan yakunlangan.
Klub prezidenti darvozabonlarni tayyorlaşdagi kamçiliklarga ham töxtalgan. Posbonlarda yetarliça mahorat şakllantira olmagani uçun murabbiy Şavkat Abduxöjayev iste'foga çiqarilgan. Şuningdek, klub darvozaboni Sarvar Karimov bilan tuzilgan şartnoma muddatidan avval bekor qilingan. Futbolçilar Dadajon Mamatqulov va Omon Xalilov ham jamoadan çetlaştirilgan.
Bu futbolçilarga keskin çora körilgani sabablari aniq emas.
Ayni vaqtda klubga yangi boş murabbiy izlaş işlari boşlab yuborilgan.











