Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank boshqaruvining ilk mustaqil a'zolari tayinlandi
Senat kengashi Adham Bekmurodov va Ziyodullo Parpiyev nomzodlarini ma'qulladi.
Adham Bekmurodov va Ziyodulla Parpiyev
O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi a'zolari tarkibida o‘zgarish ro‘y berdi.
Unga ko‘ra, «El-yurt umidi» jamg‘armasi direktori vazifasini bajaruvchi Adham Bekmurodov va Toshkent shahridagi Vestminster universiteti amaliy matematika bo‘yicha magistratura kursi rahbari Ziyodullo Parpiyev bank boshqaruvining mustaqil a'zolari etib tayinlandi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, mazkur ikki nomzod 24 dekabr kuni MB taqdimnomasiga asosan Senat kengashi tomonidan tasdiqlangan.
Shuningdek, MB Ijro apparati rahbari Olimjon Ernazarov va Kredit tashkilotlari predensial nazorat departamenti direktori Abrorxo‘ja Turdialiyev bank boshqaruvi tarkibidan chiqarildi.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank to‘g‘risidagi qonun noyabr oyida yangi tahrirda qabul qilingan va unda regulyatorning boshqaruv a'zolari soni 11 nafardan 9 nafarga qisqartirilib, ulardan 2 nafari mustaqil a'zolar bo‘lishi belgilangan edi.
Boshqaruv – Markaziy bankning oliy organi bo‘lib, uning tarkibiga bank raisi, uning o‘rinbosarlari va ikki nafar mustaqil a'zo kiradi.
Mavzuga oid
20:16 / 17.01.2026
“Yangi bank”ni tugatish komissiyasi ish boshladi
11:59 / 15.01.2026
Yangi bank'ning litsenziyasi bekor qilindi
19:58 / 14.01.2026
10 ta tijorat banki va 1 ta mikromoliya tashkilotiga jarima qo‘llandi
12:24 / 10.01.2026