Qayd etilişiça, sudlanuvçilar B.H. (erkak, 1972 yilda Qirğizistonda tuğilgan, Andijon viloyat hokimligi Moliya boş boşqarmasi boşliği va Andijon şahar hokimi lavozimlarida işlagan), Q.A. (erkak, 1982 yilda Andijonda tuğilgan, Andijon şahar prokurori va Andijon viloyat prokurori jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot böyiça katta yordamçisi lavozimlarida işlagan), Andijon viloyati Moliya va Xalq ta’limi boşqarmalari, Andijon şahar Moliya va Xalq ta’limi bölimlari sobiq rahbarlari va mas’ul lavozimlarida işlagan şaxslar va boşqalarga oid jinoyat işini körib çiqiş böyiça oçiq sud jarayoni boşlandi.

Jami 44 nafar sudlanuvçi 29 nafari erkak hamda 15 nafari ayol bölib, 34 nafar sudlanuvçiga nisbatan “qamoqqa oliş”, 10 nafariga esa “garov” va “uy qamoği” tarzidagi ehtiyot çoralari qöllanilgan.

Dastlabki tergov organi ayblov xulosasiga köra, sudlanuvçilar tomonidan 63 mlrd sömdan ziyod mablağ talon-toroj qilingan va ular Jinoyat kodeksi 167-, 168-, 207-, 209-, 210-, 28,210-, 211-, 28,211- va 243-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda. 

Uşbu jinoyat işi Oliy sud Jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati sudyasi A.Ötayev raisligida hamda sudyalar O.Arabov va Ş.Şerqulovdan iborat tarkibda, birinçi instansiya sudida körilmoqda.

Ayni paytda sud tergovi ötkazilib, sud jarayoni davom etmoqda. Sud jarayoni yakuni böyiça batafsil axborot berilişi aytilgan.

Joriy yilning 6 iyun kuni Andijon şahar hokimi Bahrom Haydarov öziga nisbatan olib borilayotgan dastlabki tergov harakatlari jarayonida JPK 221-moddasi tartibida uşlangandi. 

Andijon şahar hokimi eski lavozimida (viloyat moliya boşqarmasi boşliği) işlagan vaqtda şeriklari bilan budjet mablağlarini talon-toroj qilgan. Boş prokuratura tomonidan olib borilayotgan tergov işi doirasida 37 nafar şaxsga nisbatan ayblov e’lon qilinib, ularning 32 nafari qamoqqa olingandi.