Andijon viloyati Xalq ta’limi boşqarmasi boşliği Azizbek Mirkomilov 7 iyun kuni 48 mlrd söm budjet mablağlari talon-taroj qilinişi holati böyiça gumondorlardan biri sifatida qölga olindi.
XTB axborot xizmati bu xabarni Kun.uz'ga tasdiqlab, tergov ketayotganini ma’lum qildi.
Mirkomilov hozirgi lavozimida 2020 yil fevralidan buyon işlab kelmoqda.
Mazkur jinoyat işi böyiça 6 iyunda Andijon şahar hokimi Bahromjon Haydarov ham qölga olingan edi. Hokim eski lavozimida (viloyat moliya boşqarmasi boşliği) işlagan vaqtda şeriklari bilan 48 mlrd söm budjet mablağlarini talon-toroj qilganlikda gumonlanyapti.
May oyi holatiga, Boş prokuratura tomonidan olib borilayotgan tergov işi doirasida 37 nafar şaxsga nisbatan ayblov e’lon qilinib, ularning 32 nafari qamoqqa olingan; yetkazilgan zararning 23 foizi qoplangan. Tergovni Boş prokuraturaning Uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiyaga qarşi kuraşiş boşqarmasi olib bormoqda.
Eslatib ötamiz, ötgan yili dekabr oyida Andijon viloyati prokurori Ğayrat Fozilov faoliyatidagi xato-kamçiliklari uçun lavozimidan ozod etilgandi, yanvar oyida bu lavozimga Sirojiddin Eşquvvatov tayinlangan edi.
Fevral oyida esa Andijon şahar XTB rahbarlari 57 mlrd budjet pullarini talon-toroj qilganlikda gumonlanayotgani ma’lum böldi. Kun.uz öz manbalariga tayanib bölimning sobiq va amaldagi mudirlari Sunbula Eraliyeva va Nuriddin Nazarov qamoqqa olingani, tergovga tortilayotgan şaxslar soni 40 nafarga yaqinligi haqida xabar bergandi. Öşa paytda Boş prokuratura bu jinoyat tafsilotlarini keyinroq oçiqlaşga va’da bergandi.









