Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek palovi YuNeSKO nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi
Nomoddiy madaniy meros bo‘yicha Hukumatlararo Qo‘mita 1 dekabrda palov bilan bog‘liq an'analarni YuNeSKO nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritdi.
Qo‘mitaning navbatdagi yig‘ilishi Addis-Abebada (Efiopiyada) 28 noyabrdan 2 dekabrga qadar bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilish davomida palov bilan bog‘liq an'analarni YuNeSKO nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritish haqida qaror qabul qilindi.
Palov - o‘zbek oshxonasining eng katta yutuqlaridan biri va aholining sevimli taomi. O‘zbek oshxonasining ko‘p asrlik rivoji davomida palov tayyorlashning o‘nlab usullari paydo bo‘ldi.
Har bir mintaqa o‘ziga xos palov tayyorlash usuliga ega. O‘zbekistondagi oilalarning aksariyatida nafaqat o‘zbek millati vakillari, balki shu yerda yashovchi boshqa millat vakillari ham hech bo‘lmaganda haftada bir marta (ko‘pincha payshanba kuni) palov tayyorlashadi. Bu o‘ziga xos an'anaga aylangan.
Mavzuga oid
09:03 / 15.04.2026
O‘zbekiston Zomin tog‘larini YuNeSKO ro‘yxatiga kiritish jarayonini boshladi
12:15 / 10.04.2026
Xorazmda 7 ming so‘mdan palov sotgan tadbirkor jarimaga tortildi
08:54 / 30.03.2026
Kitob geoparki YuNeSKO ro‘yxatiga kirishi mumkin
16:05 / 06.02.2026