Gidrometeorologiya xizmati agentligi 3–8 aprel kunlari kutilayotgan yoğingarçilik va havo haroratining özgarişi sababli ayrim hududlarda qor köçiş xavfi yuzaga kelişi mumkinligidan ogohlantirdi.

Respublikaning toğoldi va toğli hududlarida, jumladan:

  • Qaşqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Şahrisabz, Qamaşi tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Uzun, Boysun, Qumqörğon, Sariosiyo tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Nurobod, Qöşrabot tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
  • Toşkent viloyati: Ohangaron, Böstonliq, Parkent tumanlarida (Çotqol tizmasi toğlari);
  • Namangan viloyati: Pop tumanida şunday hodisalar röy berişi mumkin.

Toğoldi va toğli hududlarda istiqomat qiluvçi fuqarolar, dam oluvçilarni hamda toğli hududlarda harakatlanuvçi haydovçilardan ehtiyotkorlik çoralarini körişlari söraldi.

Bundan avvalroq «Özgidromet» 3 aprel kuni vaqti-vaqti bilan yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi kutilayotgani haqida xabar bergandi.