O‘zbekistonda budjet puli hisobidan yangi yil korporativlari o‘tkazish taqiqlandi
Bosh vazir Abdulla Aripov barcha davlat tashkilotlariga budjet va undan tashqari mablag‘lar hisobidan yangi yil munosabati bilan bayram dasturxoni yozish va korporativ yig‘ilishlar o‘tkazishni taqiqladi.
O‘zbekistonda hukumat topshirig‘i bilan davlat tashkilotlariga yangi yil munosabati bilan korporativ bayramlar o‘tkazish taqiqlangani haqida xabar tarqaldi. Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov Kun.uz muxbiriga bergan izohida bu xabar ayrim telegram-kanallarda biroz noto‘g‘ri talqin qilinganini ta’kidladi.

Ma’lum qilinishicha, barcha vazirlik, idora va boshqa davlat tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat ulushi mavjud xo‘jalik jamiyatlari va tijorat banklariga budjet va undan tashqari mablag‘lar hisobidan yangi yil munosabati bilan korporativ yig‘ilishlarni tashkil etish va bayram dasturxonini yozish taqiqlandi.
Xodimlar o‘z oyliklari yoki rag‘bat pullaridan tashkil etishi bundan mustasno.
«Budjet puli — xalqning puli. Uning har bir tiyini hisobli. Xalqimiz bu pullarni bizning o‘yin-kulgi qilishimiz uchun bermagan», — degan bosh vazir Abdulla Aripov.
Hukumat rahbari o‘tgan yili ham budjet mablag‘lari hisobidan bayram tadbirlarini o‘tkazishni taqiqlagandi.
Tavsiya etamiz
“Korrupsiya baribir yo‘qolmaydi degan ko‘nikish paydo bo‘lib qoldi” - ekspertlar bilan suhbat
O‘zbekiston | 16:53 / 08.03.2025
Chiqindidan qarzdorlarning svet uchun to‘lov qilishini cheklash haqidagi qonun imzolandi
O‘zbekiston | 16:51 / 08.03.2025
Migrantlarning pul o‘tkazmalarisiz O‘zbekistonda kambag‘allik 17 foizgacha oshishi mumkin – Jahon banki
Iqtisodiyot | 18:12 / 07.03.2025
Tramp vakillari Zelenskiyning siyosiy raqiblari bilan yashirincha uchrashgan
Jahon | 15:30 / 07.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2025 yilda O‘zbekistonga 12 mln xorijiy sayyoh kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 13:48
-
Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida sanoat kooperatsiyasi markazi tashkil etiladi
Iqtisodiyot | 13:36
-
Tramp va Netanyahu o‘rtasida sovuqchilik, alaviylarni bostirib, kurdlar bilan kelishgan Suriya va Saudiyada kutilayotgan muzokaralar - kun dayjesti
Jahon | 13:34
-
Samarqand viloyatida uchta tarixiy masjid buzib tashlandi
O‘zbekiston | 13:33