Mitingda Boş vazir Abdulla Aripovning xizmat safarida ekanini ma'lum qilgan Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov jabrlanuvçilarni qiynayotgan savollarga özi va sud hokimiyati vakillari tomonidan javob berilişini aytdi.

Jabrlanuvçilarni birinçi örinda qiziqtirayotgan masala – pullari qaçon qaytarilişi haqidagi savollariga vazir quyidagiça javob berdi:
«Sud hukmi çiqib, iş apellyatsiyada körilganidan keyin jabrlanuvçilar röyxatiga asosan içki işlar organlarining depozit hisob raqamida turgan 7 mlrd 831 mln söm pul MIBga ötkazilib, proporsional ravişda jabrlanuvçilarga tarqatiladi.

Bundan taşqari, apellyatsiyadan söng hukm MIBga jönatiladi, MIB qöşimça ravişda jabrlanuvçilardan olib qöyilgan 500 mln.ga yaqin qiymatdagi mol-mulkni sotib, uning pulini ham proporsional ravişda jabrlanuvçilarga tarqatib beradi. Jabrlanuvçilarga pullarini qaytariş jarayonini iloji boriça tezlaştirişga harakat qilamiz», – dedi Nozim Husanov.
Mitingdan söng, jinoyat işlari böyiça Yakkasaroy tuman sudida mazkur jinoyat işi böyiça jabrlanuvçilar va ommaviy axborot vositalari vakillari uçun brifing taşkil etilib, unda jabrlanuvçilarga yetkazilgan moddiy zararni undiriş muddati va tartibi böyiça uşbu jinoyat işini körib çiqqan sudyalar tomonidan huquqiy tuşuntiriş berildi.

JIB Yakkasaroy tuman sudi raisi Tolib Obidov 14 sentabr kuni 12 nafar sudlanuvçiga nisbatan jinoyat işi körib çiqilib, sud hukmi e'lon qilinganini, unga köra, sudlanuvçilardan solidar tartibda jabrlanuvçilar foydasiga jami 19 mlrd 551 mln söm moddiy zarar undiriş, şuningdek IIV depozit raqamiga topşirilgan jami 7 mlrd 831 mln söm pul mablağlari va 573 mln 856 ming sömlik xatlangan mol-mulklarni yetkazilgan moddiy zarar örnini qoplaşga qaratiş belgilanganini ma'lum qildi.
Sud materiallarida dastlabki tergov organi tomonidan 2 372 nafar fuqaro







