Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mamlakatda iqtisodiy faol, mehnatga layoqatli aholining 9 foizi işsiz deya e'tirof etmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, vazirlik huzuridagi Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qiliş ilmiy markazi tomonidan joriy yilning oktyabr-noyabr oylarida yirik hajmdagi ijtimoiy tadqiqot olib borilgan. Unda respublikadagi 72ta tuman va şahar, jumladan 360ta fuqarolar özini özi boşqariş organi, 3600 xonadon va 180160 nafar aholi örtasida tadqiqot ötkazilgan.
Sotsiologik tadqiqot natijasiga köra, aholining 9 foizi işsiz bölib, joriy yilning yanvar-iyun holatiga nisbatan körsatkiç (9,3 foiz) yaxşilangan. Eng yuqori işsizlik sur'ati viloyatlar kesimida Surxondaryo (9,6 foiz), Samarqand (9,5 foiz) va Qaşqadaryo (9,5) hududida kuzatilgan. Şuningdek, köp aholi istiqomat qiluvçi viloyatlardan biri - Farğonada işsizlik 9,4 foiz ekanligi e'tirof etilgan. Eng past körsatkiç esa Toşkent şahrida (7,5 foiz) kuzatilgan.
Vazirlik xabariga köra, işga muhtoj aholi soni 1307,6 ming nafarni taşkil etadi.
«Yilning birinçi yarmiga nisbatan işsizlik körsatkiçining tuşişiga qişloq xöjaligi faoliyati, jumladan paxta terim mavsumida taşkil etilgan iş örinlari sabab böldi», - deydi vazir Şerzod Kudbiyev Kun.uz muxbiriga.
Ma'lumot uçun, 30 yoşgaça bölgan aholi örtasida işsizlik 14,7 foizni taşkil etadi. Mamlakatdagi ayollar örtasidagi işsizlik esa 12,5 foiz. 2017 yilda Özbekiston aholisining işsizligi 5,4 foiz etib körsatilgandi. Vazirlik uşbu masalaga oydinlik kiritib, avvalgi yillarga nisbatan raqamlarni hisoblaş metodologiyasini takomillaştirganini bildirdi.












