Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Nimadan qo‘rqyapsan?” - Zelenskiy Putinga murojaat qildi
Foto: korrespondent
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinni muzokara o‘tkazishga chaqirib murojaat qildi.
"Biz o‘zimizni himoya qilishni istayapmiz, ular esa bizni sindirmoqchi. Biz Rossiyaga hujum qilmayapmiz va hujum qilmoqchi emasmiz. Biz NATOdamizmi? Yo‘q. Bizda yadro quroli bormi? Yo‘q.
Men nima deyishim kerak? Kimgadir biror narsa berishim kerak. Nima berishim kerak? Bizdan nima xohlaysan? Bizning yerimizdan ket. Hozir ketishni istamasang – men bilan muzokara stoliga o‘tir, men bo‘shman. Faqat Makron, Shols bilan bo‘lgani singari 30 metr masofada emas – men qo‘shningman! Tishlab olmayman.
Men bilan o‘tir, gaplash, nimadan qo‘rqyapsan? Biz hech kimga tahdid qilmaymiz. Biz terrorchilar emasmiz", – dedi Zelenskiy.
Bundan tashqari, Ukraina prezidenti Rossiya «reparatsiya» (bir davlat boshqa davlatga yetkazgan zarari uchun to‘lov) va «kontributsiya» (urushda mag‘lub bo‘lgan davlat g‘olib davlatga to‘laydigan tovon) atamalarini o‘rganishi va Ukrainaga yetkazilgan zararni qoplashi kerakligini aytgan.
Mavzuga oid
22:26 / 15.01.2026
Putin Maduroni ag‘dargan Trampni tanqid qilishga jur’at etolmadi
15:51 / 15.01.2026
Bloomberg: Trampning maxsus vakillari Putin bilan uchrashishi mumkin
09:50 / 15.01.2026
Tramp: Putin tinchlikni istayapti, kelishuvga Zelenskiy to‘sqinlik qilyapti
22:33 / 09.01.2026