Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bu fojia emasmi?» - Shavkat Mirziyoyev yo‘llardagi avariyalar haqida (video)
Prezident Shavkat Mirziyoyev 11 fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligi masalasi izdan chiqib ketganini ta’kidladi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
«Albatta, hozirgi ochiqlik siyosatimizda odamlardan kelayotgan xatlarda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qonunlarimiz ham, ishlarimiz ham qoniqarsizligidan odamlar juda katta e’tiroz bildiryapti. Juda katta e’tiroz.
Yo‘l harakati xavfsizligi masalasi izdan chiqib ketgan O‘zbekistonda», degan prezident.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda 2021 yilda 10 mingdan ziyod avariyalar sodir etilgan va 9 mingdan ortiq fuqaro jarohat olgan, 2,5 mingga yaqin odam, shu jumladan 263 nafar bola halok bo‘lgan.
«Bu biz uchun katta fojia emasmi? Bir yil ichida 10 mingdan ziyod avariya sodir etilib, 2,5 mingdan ortiq odam halok bo‘lyapti. Fojia bu», deya ta’kidlaydi prezident.
Mavzuga oid
17:49 / 24.04.2026
«Go‘sht va kartoshkadan hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak» – prezident
16:59 / 24.04.2026
13 ta tuman hokimiga intizomiy chora ko‘riladi
16:21 / 24.04.2026
Prezident qator hokimlarni tanqid qildi
17:40 / 27.01.2026