Xolxöjayev Saidqahhor Muhammadkarim öğli Toşkent şahrining Çilonzor tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

U tayinlovga qadar iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.

Saidqahhor Xolxöjayev 1981 yilda Toşkent viloyatining Oqqörğon tumanida tuğilgan. 2002 yilda Toşkent Moliya institutini tamomlagan.

U öz faoliyatini 2002 yilda Asakabank Şayxontohur filialida boşlab, 2015 yilda şu bank tizimida turli lavozimlarda işlagan. 2015-2017 yillarda Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiy rivojlantiriş, tarkibiy özgartirişlar, bank va moliya tizimlarini isloh qiliş, erkin iqtisodiy va kiçik iqtisodiy sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlaştiriş masalalari yiğma axborot-tahlil departamenti Bank va moliya tizimlarini isloh qiliş şu’basining Bank va moliya tizimlarini isloh qiliş masalalari böyiça boş mutaxassisi lavozimida işlagan.

2017-2019 yillarda “Özagrosuğurta” AJ boşqaruvi raisi sifatida faoliyat körsatgan. 2019 yil martida Markaziy bank raisiga örinbosar bölgan. 2020 yil dekabrda esa iqtisodiyot vazirining birinçi örinbosari etib tayinlangan.

Çilonzor tumani prokurori lavozimini Jahongir Murodov egalladi. Tayinlovga qadar u Bekobod şahar prokurori edi.

Alişer Murodullayev Çilonzor tumani içki işlar bölimi boşliği etib tayinlandi. Bungaça u Toşkent şahar içki işlar boşqarmasida faoliyat yuritgan. Çilonzorda içki işlar tizimini bir yildan buyon podpolkovnik Farhod Jabborov boşqarayotgandi.

  • Çilonzor tumanining sobiq hokimi Şavkat Mavlonov va sobiq prokurori Izzat Bozorov 8 avgust kuni işdan olingan edi. Iste’foga Çilonzor köçasini kengaytiriş çoğida yöl ikki tomonidagi yuzdan ortiq köp yillik daraxtga şikast yetkazilgani