Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Afg‘onistonga beg‘araz yordam tariqasida 26 tonnadan ziyod urug‘ yetkazib berdi
Yetkazib berilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari orasida 5 tonna chigit, 20 tonna sholi, 50 kilodan ortiq mosh, shuningdek, poliz ekinlarining yuqori sifatli urug‘lari ham bor.
Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi
O‘zbekiston prezidentining qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlash borasidagi siyosati asosida Afg‘onistonga beg‘araz ravishda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berildi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Afg‘oniston Qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va chorvachilik vaziri boshchiligidagi rasmiy delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Mehmonlar Toshkent va Samarqand viloyatlaridagi agrar korxonalar, agroklasterlar va ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishgan.
Hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Afg‘oniston fermerlari va agrar tuzilmalariga beg‘araz yordam tariqasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berilgan. Jumladan, ob-havo sharoitlariga chidamli, sertifikatlangan 5 tonna chigit (200 gektar yer maydoni uchun), 20 tonna sholi (100 gektar maydon uchun), 500 kilogramm mosh (25 gektar uchun), shuningdek, 187 kilogramm sabzavot urug‘lari va 600 kilogramm poliz ekinlarining saralangan, yuqori sifatli urug‘lari topshirilgan.


«Mazkur amaliy yordam Afg‘onistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq aholisi bandligini oshirish hamda agrar sohada innovatsiyalarni joriy etishga xizmat qilishi kutilmoqda», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida O‘zbekiston Afg‘onistonga qariyb 200 tonna insonparvarlik yordami yuborgandi. O‘shanda insonparvarlik yordami tarkibidan un, makaron mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari o‘rin olgan edi.
Mavzuga oid
14:16 / 20.01.2026
Afg‘onlarning yarmidan ko‘pining Germaniyaga kirish ruxsatnomalari bekor qilindi
18:35 / 18.01.2026
«Tolibon» elitasidagi bo‘linish: jurnalistlar internet masalasidagi manfaatlar to‘qnashuvini ochib berdi
23:16 / 06.01.2026
O‘zbek tilining Afg‘onistonda qo‘llanishiga cheklov joriy etilmadi – TIV
08:55 / 30.12.2025