Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 6 noyabr kuni Donald Trampga Amerika Qöşma Ştatlari prezidenti saylovida ğalaba qozonib, uşbu lavozimga saylangani munosabati bilan tabrik yölladi.

«Sizni Amerika Qöşma Ştatlari prezidenti lavozimiga saylanganingiz munosabati bilan çin dildan samimiy muborakbod etib, özimning qizğin tabriklarimni va eng ezgu tilaklarimni yöllaşdan behad mamnunman.

Saylovlardagi işonçli ğalabangiz Sizdek boy tajribali va mohir siyosatçining AQŞni xalqaro maydondagi nufuzi va iqtisodiy qudratini oşiriş, global taraqqiyot va farovonlikni ta’minlaşga qaratilgan dastur va rejalaringiz Amerika xalqi tomonidan faol qöllab-quvvatlanganini yana bir bor yaqqol tasdiqladi.

Biz Amerika Qöşma Ştatlarining mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan özgarmas pozitsiyasini, ortga qaytmas tus olgan tub islohotlarimizga körsatib kelayotgan doimiy kömagini alohida qadrlaymiz.

Şuni alohida ta’kidlaşni istardimki, aynan Sizning ilk prezidentlik davringizda, 2018 yil may oyida Oq uyda ötkazgan sermahsul muzokaralarimizdan keyin Özbekiston va AQŞ örtasidagi strategik şeriklikning yangi davri boşlangan edi.

Sizning şaxsiy e’tiboringiz bilan mamlakatlarimiz örtasidagi munosabatlar misli körilmagan darajada rivojlanib, özaro işonç, hurmat va bir-birini qöllab-quvvatlaşga asoslangan siyosiy muloqotlarimiz yanada mustahkamlandi, savdo-iqtisodiy, xavfsizlik, harbiy-texnikaviy va gumanitar aloqalar jadallaşdi. 

Yuqori darajadagi vakillarimiz va qonun çiqaruvçilar örtasidagi faol taşriflar almaşuvlari natijasida hamkorligimiz sifat va mazmun jihatidan yuksak bosqiçga kötarildi», deyiladi Özbekiston prezidenti matbuot xizmati e’lon qilgan tabrik matnida.

Özbekiston rahbari mamlakat bundan keyin ham AQŞ prezidenti ma’muriyati bilan döstona aloqalarni izçil davom ettiriş, oliy va yuqori darajada erişilgan barça kelişuvlarni töliq amalga oşirişdan manfaatdorligini ta’kidlagan.

«Şuningdek, «S5+1» platformasi va «Markaziy Osiyo davlatlari bilan AQŞ örtasida savdo va investitsiyalar böyiça hadli Bitimi» doirasida mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytiriş tarafdorimiz.

Aminmanki, birgalikdagi qat’iy sa’y-harakatlarimiz bilan siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, xavfsizlik, bank-moliya, energetika, transport, qişloq xöjaligi, raqamlaştiriş, innovatsiya, ta’lim va boşqa sohalardagi şerikligimiz qöşma loyihalar bilan samarali boyib boraveradi.