Senat 5-yalpi majlisida Özbekiston Respublikasining Isroil davlatiga Favqulodda va Muxtor elçisi lavozimiga tayinlaş töğrisidagi masala ham körib çiqildi.
Senatorlar Feruza Mahmudovani Özbekistonning Isroil davlatidagi favqulodda va muxtor elçisi lavozimiga tayinlaş töğrisida qaror qabul qildi.
Parlament yuqori palatasi raisi Tanzila Norboyeva şu kunga qadar mamlakatimiz 130dan ziyod xorijiy davlatlar bilan diplomatik aloqalar örnatgan bölsa, ularda hali birorta ayol elçi tayinlanmaganini ta'kidlagan.
«Feruza Yuldaşevna mustaqil Özbekistonning birinçi ayol elçisi sifatida tarixda qoladi. Bu şaraf bölişi bilan birga, ulkan mas'uliyat hamdir. Qolaversa, uning bunday mas'uliyatli lavozimga loyiq topilgani mamlakatimizda ayollarga bölgan yuksak işonç va e'tirof namunasidir.
Işonamizki, bunday e'tibor va e'tirofga bundan keyin ham köp marotaba guvoh bölamiz. Zero, özbek ayollari bunga munosibdir», dedi Tanzila Norboyeva.
Senatorlar Feruza Mahmudovaning faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi va xorijda, xususan, Isroilda mamlakatimiz manfaatlari yölida bor bilim va salohiyatini işga solib, öz faoliyatini namunali yölga qöyişiga işonç bildirdi.
Feruza Mahmudova 1975 yil 19 aprelda Toşkent şahrida ziyolilar oilasida tuğilgan. 1996 yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro munosabatlar fakultetini tamomlagan. 2009 yilda Germaniyaning Eberxard Karl universitetining tinçlikni örganiş, xalqaro siyosat mutaxassisligi böyiça gumanitar fanlar magistri darajasini olgan.
1996-2006 yillarda Taşqi işlar vazirligining markaziy apparatida turli lavozimlarda işlab, bir qator oliy darajadagi taşriflarni tayyorlaşda faol iştirok etgan. Şu bilan birga, Yevropaning nufuzli akademiyalarining tahliliy markazlarida malaka oşirgan.
2014-2018 yillarda Özbekiston respublikasi prezidenti qoşidagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida faoliyat olib borgan.
2018 yildan buyon Taşqi işlar vazirligi boş boşqarmasida işlab kelayotgandi.












