Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017 yil 7 yanvarda Prokuratura organlari xodimlari kuni oldidan bir guruh soha xodimlari bilan uçraşdi. Unda Oliy Majlis palatalari rahbarlari, hukumat a'zolari, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, prokuratura organlari mas'ul xodimlari va faxriylari iştirok etdi. Bu haqida ÖzA xabar berdi.
Özbekiston Respublikasining 2016 yil 19 dekabrdagi qonuniga muvofiq, 8 yanvar Özbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni etib belgilandi. Bu prokuratura organlari faoliyati samaradorligini yanada oşirişga, soha xodimlari mehnatini rağbatlantirişga xizmat qiladi.
"Sizlarni 8 yanvar – Prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan çin qalbimdan samimiy tabriklayman. Barçangizga sihat-salomatlik, tinçlik-xotirjamlik, mas'uliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman", – dedi Prezidentimiz.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, qonunçilik taşabbusi huquqiga ega sub'yektlardan biri prokuratura organlaridir.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta'minlaş, fuqarolar huquqlari va erkinliklarini işonçli himoya qilişga qaratilgan keng kölamli islohotlar amalga oşirildi. Sud-huquq tizimi tubdan isloh qilindi.
"Erişilgan yutuqlar özimizniki, unga mahliyo bölib ötiriş bizga yaraşmaydi. Bugun sizlar bilan oldimizda turgan dolzarb vazifalar haqida gaplaşib olmoğimiz lozim, - dedi davlatimiz rahbari. - Odamlar hamma narsaga çidaşi mumkin, adolatsizlikka çiday olmaydi. Jamiyatda adolat barqaror bölişida prokuratura organlarining örni katta bölmoği kerak.
Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida keng kölamli islohotlarni hayotga izçil tatbiq etiş, ularning samaradorligini yuksaltirişda qonuniy asoslarni mustahkamlaş böyiça amalga oşirilgan işlar mamlakatimizning har tomonlama taraqqiy etişiga xizmat qilayotir. Davlat hokimiyati va boşqaruvini yanada demokratlaştiriş, fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş böyiça qilingan işlar dunyo hamjamiyatining yuksak e'tirofiga sazovor bölmoqda.
Prokuratura organlari xodimlarining işi katta mas'uliyat, fidoyilik, halollikni talab qiladi", - dedi Prezidentimiz. Qabul qilinayotgan har bir qaror zamirida inson taqdiri turadi. Şunday ekan, yetti ölçab bir kesiş bu borada asosiy mezon bölmoği şart.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanişini ta'minlaşga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilişga va işbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxşilaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmonida tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravişda aralaşganlik va tösqinlik qilganlik, ularning faoliyatini asossiz töxtatib qöyganlik uçun mansabdor şaxslarning javobgarligi oşirilgan.









