"1 yil davomida tadbirkorlar tomonidan 55 mingdan ortiq biznes uchun binolar qurildi. Ya’ni, tadbirkorlar kelajakka ishonib, ko‘chmas mulkka investitsiyalarni ko‘paytirmoqda. Mana, atrofimizda ham ko‘ringlar, qanday-qanday baland binolar qad rostladi. Murad bildings rahbari o‘tiribdi. Menga u qurayotgan binoning tepasidan Toshkent viloyati, Jizzax ham ko‘rinadi deyishyapti", — dedi Prezident.
Tadbirkor Murod Nazarov davlat rahbariga javoban, “Toshkent siti” hududida qurilayotgan binoning yuqori qavatidan Qozog‘iston chegarasigacha ko‘rinayotgani, bino bahor fasliga qurib bitkazilishini ma’lum qildi.











